Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Kuz ertagi-soundtreck
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack
. Qirolicha - Soundterck
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Kafe, restoran va to`yxonalardan tushadigan mablag`lardan xonandalarga gonorar to`lash taklifi ilgari surildi


Madaniyat va sport ishlari vaziri Bahodir Ahmedov bugun bir necha nafar fuqaroni qabul qildi.

Uchrashuv chog`ida fuqaro Ilya Lein sohadagi ijodiy faoliyatni takomillashtirish, professional san`atni to`g`ri yo`naltirish, teatrlar faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish bo`yicha o`z takliflarini izhor etdi. Turgan gapki, uning taklif va tavsiyalari inobatga olinib, tizimdagi shu soha mutaxassislariga ko`rsatmalar berildi.

Fuqaro Mirshod Mardonov ma`lum bir tashkilot qoshida bolalar teatri tashkil etish taklifini ilgari surdi. Vazir tomonidan unga javob sifatida “Bolalar teatr studiyasi” tashkil etish bo`yicha konsepsiya ishlab chiqish, “Tomosha” bolalar teatr studiyasi xujjatlaridan andoza sifatida foydalanish, mazkur studiya rahbari Nodira Qurbonova bilan maslahatlashish tavsiya etilib, bu masalaga yana qaytilishi ta`kidlandi.  

Fuqaro Mashhurbek Sattorov xonandalarning mualliflik huquqlarini talab qilib, ularning ko`ngilochar (kafe, restoran, to`yxona) maskanlardan tushadigan mablag`lardan gonorar to`lash tizimini tashkil qilish taklifi bilan chiqdi. B.Ahmedov taklifga javoban Sattorovning "O`zbekteatr” IIChB qoshidagi "Ark madad” maxsus jamg`arma mutaxassislaridan maslahat olishi, hujjatlar bilan tanishishini tavsiya etgan holda unga tizimdagi shu soha mutaxassisini biriktirdi.  

Samimiy ruhda o`tgan ochiq muloqotlar davomida  vazir fuqarolar tomonidan berilgan yana ko`plab savollarga javob qaytardi. Savol va takliflar bo`yicha tizim tashkilotlari rahbarlariga aniq ko`rsatmalar berdi. Bunga javoban ko`pdan buyon qiynayotgan muammo va takliflar hal etilishiga ishonch bildirgan fuqarolar ham o`z minnatdorligini bildiris
hdi.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 2830 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Madaniyat va sport ishlari vaziri, Shou-biznes, Bahodir Ahmedov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NuR_KR yes
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:15
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное