Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Kaliforniyada 147 kishi “cho‘chqa grippi” sababli vafot etdi

AQShning Kaliforniya shtatida "cho‘chqa grippi” epidemiyasi tarqalishda davom etmoqda. Yilning boshidan buyon shtatda 65 yoshgacha bo‘lgan 147 kishi bu kasallik tufayli olamdan o‘tdi.

Bu haqda 31-yanvar kuni Kaliforniya shtati sog‘liqni saqlash departamenti vakillari ma’lum qilishgan. 2013-yil davomida esa mazkur epidemiya jami 106 kishini hayotdan bevaqt olib ketgandi.

Departament vakili Jeyms Vattning so‘zlariga ko‘ra, epidemiya hali davom etmoqda, kasallikdan halok bo‘lganlar soni yana ortishi mumkin. Shu bois hukumat mahalliy aholini ushbu xastalikka qarshi emlatishga chaqirmoqda.

Vattning ta’kidlashicha, bu yil "cho‘chqa grippi” aynan katta yoshli, sog‘lom kishilarga yuqayotgani vaziyatni murakkablashtirmoqda. Masalan, o‘tgan yili mazkur yosh guruhiga kiruvchi 14 kishi bu kasallik qurboni bo‘lgandi.

"Cho‘chqa grippi” deb nomlanuchi A/H1N1 virusi ilk bora 2009-yilning martida Meksika, AQSh va Kanadada aniqlangan, shundan keyin 168 mamlakatga tarqalgan edi. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 220 ming kishi bu xastalikka chalingan, 18,5 mingga yaqin kishi shu xastalikdan vafot etgan.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2321 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: cho‘chqa grippi, Kaliforniya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Nozima_Mirjalol Ushbu kasalikga nmalar sabab bolishi mumkin kelib chiqish sabablarini yozobvoring iltimos Admin oldin xam murojat qilgantim l.n savolimga javob olmadi?
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:53
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное