Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
. Efir Sirlari - Piano Version
. Osiyo-Soundtreck
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Yoz Ifori-Soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda cho‘chqa grippi tarqaldimi?

Shu kunlarda odamlar orasida, xususan ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda cho‘chqa grippi tarqalgani va undan hozirga qadar 10 kishining vafot etgani bilan bog‘liq xabarlar tarqalmoqda. Albatta, bunday gaplar mahalliy aholini xavotirga solishi tayin. Chet mamlakatlarda ushbu kasallikning avj olayotgani va minglab insonlarning shu kasallik tufayli qisqa muddat ichida vafot etayotgani haqidagi xabarlarni eshitgan odamlar orasida vahima ko‘tarilmoqda. Bu gaplarga oydinlik kiritish maqsadida biz O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika gripp milliy markazi rahbari, tibbiyot fanlari doktori Ravshan Rahimovga bir qator savollar bilan murojaat qildik.
 
— Aholi o‘rtasida O‘zbekistonda cho‘chqa grippi tarqalgani haqidagi vahimali gaplar tobora ko‘paymoqda. Aytingchi, bu xabar qanchalik to‘g‘ri?
— Yo‘q. Bu norasmiy va noto‘g‘ri ma’lumot. Hozir O‘zbekistonda cho‘chqa grippi emas, oddiy gripp va bir qator o‘tkir respirator infeksiyalar tarqalgan. Ko‘pchilik ushbu kayd etilayotgan mavsumiy gripp va o‘tkir respirator infeksiyalarni cho‘chqa grippi bilan adashtiryapti. Aytish lozimki, oddiy gripp bilan cho‘chqa grippining o‘rtasida katta farq bor.

A (H1N1)pdm09 kasallik virusi bilan og‘rish holati 2009 yilda paydo bo‘lgan. U gripp pandemiyasini yuzaga keltirgan A turidagi gripp virusidir. Darhaqiqat, u haqiqatan ham birinchi marotaba cho‘chqa organizmida shakllangan. Ushbu gripp bilan kasallangan ilk odamlar infeksiyani cho‘chqalardan yuqtirishgan. Grippning nomi ham o‘z-o‘zidan mana shu holatdan so‘ng kelib chiqqan. Keyingi yuqtirish holatlarida grippning bunday turi bilan kasallangan bemorlardan boshqa odamlarga yuqishi kuzatilgan.
Ayni damda O‘zbeksitonda mavjud gripp ko‘plab o‘tkir respiratorli infeksiyalar belgilariga o‘xshash – tana harorati ko‘tarilishi, lohaslik, yuqori nafas yo‘llari shilliq qavatining yallig‘lanishi va qichishishi, yo‘tal, isitma, holsizlik, ishtahaning yo‘qolishi kabilar bilan kechuvchi oddiy grippdir.     

Gripp kasalligiga barcha yoshdagilar moyil, ayniqsa, immun holati past surunkali xastaliklari bo‘lganlarga, grippga qarshi umuman emlanmagan insonlarga kasallik tez yuqadi.
— Gripp tarqalishining ob-havoga ta’siri bormi? Garchi qish fasli bo‘lsa-da, bu yil O‘zbekistonda qor juda kam miqdorda yog‘di. Ko‘pchilik qishda sovuq bo‘lmagani sabab issiq ob-havo sharoitida infeksiyalar ko‘payganini aytmoqda?
— Bu fikrga qo‘shila olmayman. Yer yuzidagi eng issiq mamlakatlarda ham, havo harorati juda past bo‘ladigan o‘lkalarda ham kasalliklar epidemiyasi kuzatiladi. Gripp kabi virusli kasalliklar asosan bir yilda ikki marta ma’lum oylar oralig‘ida kuchayadi. Odatda gripp bilan kasallanish bahor va kuz oylarida avj oladi. Ayni damda hududda barqaror epidemiologik holat kuzatilmoqda.
— Cho‘chqa grippi epidemiyasi bir davlatda boshlangach, oz vaqt ichida boshqa davlatlarda ham aniqlanyapti. Aytingchi, shu bugungacha O‘zbekistonda ham cho‘chqa grippi bilan kasallanish holati qayd etilganmi?
— Gripp, xususan, cho‘chqa grippi ham havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi. Shu sababdan u juda tez tarqaladi. Ayni damda Sharqiy yarim shar mamlakatlarida turli infeksion kasalliklar mavsumi hukm surmoqda. O‘zbekistonda cho‘chqa grippi kasalligi qayd etilmagan. Bizda faqat oddiy gripp turi, bir necha shakllarda uchraydi xolos.
— Cho‘chqa grippining oddiy grippdan farqi nimada? Ularni kasallik belgilari orqali ajratish mumkinmi?
— Qushlar, hayvonlar, xususan, cho‘chqalar o‘rtasida ham gripp holatlari uchraydi. Ammo A (H1N1)pdm09 bilan faqat inson og‘rishi mumkin. A(H1N1)pdm09 grippidagi belgilar A (H3N2) kabi boshqa gripp turlariga xos belgilarga, shuningdek, ba’zi infeksion kasalliklarning belgilariga juda o‘xshab ketadi. Har qanday holatda ham fuqarolar uyda, o‘zlaricha davo choralarini ko‘rmasdan zudlik bilan shifokor huzuriga borishlari lozim. Aks holda, ularni davolash qiyinlashadi, bundan tashqari organizm katta miqdordagi immun holatini yo‘qotadi.
— Cho‘chqa grippining bizning mamlakatda qayd etilmagani quvonarli hol, albatta. Bundan keyin ham uning O‘zbekiston hududida tarqalmasligi uchun qanday ishlar amalga oshirilyapti?
— Yuqorida qayd etib o‘tganimdek, mavsumiy gripp va boshqa bir qator o‘tkir respirator infeksiyalar bilan kasallanish har yili, bahor-qish fasllarida avj oladi. Biz har yili gripp va o‘tkir respirator kasalliklar mavsumi oldidan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni belgilaymiz hamda amalga oshiramiz. Ulardan eng asosiysi aholini grippga qarshi emlashdir.
— Odamlar orasidagi yana bir fikrga oydinlik kiritsak: Chet el ommaviy axborot vositalarida grippga qarshi vaksinalar haqida keltirilayotgan mulohazalar bizda ham ushbu vaksinalarga qarshi shubha uyg‘otmoqda. Gap shundaki, grippga qarshi emlangan ba’zi bolalarda allergiya, xushdan ketish kabi bir qator jiddiy holatlarning kuzatilgani haqidagi mulohazalar ham bor. Grippga qarshi vaksina shunday holatlarni yuzaga keltirishi mumkinmi?
— Gripp kasalligining asosiy profilaktik chora-tadbirlaridan biri – bu gripp kasalligi mavsumidan oldin aholini grippga qarshi emlashdir.  O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan grippga qarshi vaksinalar xavfsiz. Ushbu vaksinalar yordamida yuzlab, minglab odamlar, bolalar, homilador ayollar emlanadi, ammo shu vaqtgacha uning zarari yoki nojo‘ya ta’siri haqida shikoyatlar qayd etilmagan. Bunda faqat dori vositasini to‘g‘ri saqlash va to‘g‘ri emlashga e’tiborli bo‘lish zarur.

O‘zbekiston Respublikasi xududida uzoq yillar davomida Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan quyidagi grippga qarshi vaksinalar ishlatilmoqda. Har yili ishlab chiqarilayotgan vaksina epidemiologik vaziyatga mos keluvchi gripp viruslarining A va V  shtamplaridan tashkil topgan. Barcha vaksinalar halqaro sertifikatga ega. Emlash ishlari har bir gripp vaksinasini qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar asosan va shifokor tavsiyasi bilan amalga oshirilmoqda. Vaksinatsiyadan keyin 2-3 hafta o‘tgach virusga qarshi himoya antitelolari paydo bo‘ladi va  odam organizmida bir yil davomida grippga qarshi immunitet hosil bo‘ladi. Umuman grippga qarshi emlanganlarda, shu jumladan bolalarda emlashdan keyingi asoratlar kuzatilmagan. Grippga qarshi emlanish sentabr-oktabr oylarida amalga oshirilishi tavsiya etiladi.                                                                                                                                           
Cho‘chqa grippi haqida qisqacha...
 
Ommaviy axborot vositalarida ushbu gripp haqidagi xabarlar 2009 yilning boshlarida paydo bo‘lgan. AQShdagi cho‘chqaxonalarda keng tarqalgan gripp qisqa vaqt ichida Meksika, Kanada, Janubiy Amerika, Keniya, Xitoy va Yevropa mamlakatlari hududi, Tayvan, Yaponiya hamda Osiyoning ba’zi davlatlarida tarqalib ketdi. Afsuski, cho‘chqa grippi insonlar o‘rtasida ham tarqala boshladi. Eng yomoni virus doimiy ravishda mutatsiyalanib turadi. Dastlab bu gripp kasallangan cho‘chqa go‘shtini iste’mol qilgan insonlarda kuzatilgan. Keyin esa odamdan odamga o‘tishi ham kuzatilgan.

Grippning har qanday turi xalq tili bilan aytganda “insonning kuchini qirqadi”. Shunday ekan, o‘zimizni, oilamizni, farzandlarimizni, ota-onalarimiz va yaqinlarimizni grippdan himoya qilishimiz lozim. Buning uchun tozalika rioya qilish, odamlar gavjum joylarda niqob (maska) taqish, xona havosini tez-tez almashtirish, to‘g‘ri ovqatlanish, sport bilan shug‘ullanishni kanda qilmaslik zarur. O‘zingizda lohaslik, ko‘ngil aynishi, istima, burun, quloq, tomoq og‘rig‘i, holsizlik kabi alomatlarni sezsangiz, uy sharoitida davolanmang! Zudlik bilan shifokorga murojaat qiling. Unutmang, salomatligingizni asrash o‘z qo‘lingizda!
Umida Yakubova


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 6010 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: cho‘chqa grippi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
Azamat4846 Uzr bizga db hammani nomidan yozvorbman wahsan man ucun ma'lumotla qattan olingani ahamiyatga egamas
Like | 0
Azamat4846 Bizaga farqi yo qatan oliwila muhimi bizaga kereli faktlani yozvosila. Man faqat wu saytdan ma'lumotlani oqiman ijodilaga omad tilab qolaman rahmat
Like | 0
komilov Zato aytib otvosilaku bu ogirlik emas buni o'girlik degan xato qilibti
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:52
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное