Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Kambag‘allik bilan qanday kurashsa bo‘ladi?

Kambag‘allik bilan kurashish qiyin masala. Lekin kamida ikkita tekinga tushadigan chora bor. Ya’ni, ularni amalga oshirish uchun hech qanday xarajat kerak emas, hatto, ishchi guruh va yo‘l xaritalar tuzish ham talab etilmaydi.

Birinchisi, savdo erkinligi.
Ikkinchisi, propiska tizimidan tamoman voz kechish.
Savdoni tamoman erkin qilsak, albatta iqtisodiyot o‘sadi, eng muhimi, ijtimoiy zaif qatlamlar juda katta foyda ko‘radi. Bilamizki, savdoga bo‘lgan bojxona va byurokratiya to‘siqlari tufayli O‘zbekistonda deyarli barcha tovarlar qimmat: mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlar ham, chetda ishlab chiqarilgan tovarlar ham.
Savdoga bo‘lgan to‘siqlar tufayli xalqimiz barcha tovarlarga kerakligidan ortiq to‘lashga majbur bo‘lib kelmoqda. Bu narsa aynan moliyaviy qiyinchiliklarga duchor odamlar uchun katta zarba. Masalan, agar boy odam daromadining atigi 5 %ni tovar xaridlariga ishlatsa, kambag‘al odam deyarli 90% ni tovar olishga ishlatadi.
Shunda savdoga to‘siqlar olinsa, kambag‘al odam de-fakto ancha kattaroq nisbatga boyib qoladi. Boshqacha qilib aytganda, deylik bizdagi savdo to‘siqlari deb tovarlar o‘rtacha 30%ga qimmatroq bo‘lsa va to‘siqlardan voz kechsak, unda kambag‘al insonlarning real daromadlarini deyarli 27% ga oshirgan bo‘lamiz. Chunki tovarlar 30% arzonroq bo‘ldi. Bu katta yutuq.
Propiska tizimi haqida juda ko‘p yozilgan. Bu tizim odamlarga boyishga imkoniyatni cheklaydi va buning oqibatida kambag‘allikni chuqurlashtiradi. Toshkentdagi propiska, hududlararo daromadlar silliqlanishiga katta to‘siq bo‘lib kelmoqda. Imkoniyatlari tengsizligi jamiyatdagi eng xunuk jihatlardan. Propiska odamlarni aynan kelib chiqishi orqali diskriminatsiya qiladi va iqtisodiyotga katta shikast yetkazadi.
Umuman olganda, kambag‘allik kurashishning eng samarali yo‘li, bu albatta iqtisodiyotni o‘stirish. Qarang, bizda iqtisodiyotda umumiy daromadlar juda kichkina, shuning uchun ham kambag‘allikka qandaydir transferlar, chora tadbirlar, pul tarqatisharlar orqali kurashish unchalik samara bermaydi. Chunki, agar bizdagi yillik daromadni aholi soniga teng bo‘lsak, kishi boshiga bir ming besh yuz dollardan sal ko‘proq to‘g‘ri keladi.
Shuning 41,2 foizi esa davlat xarajatlari. Yaʼni o‘rta arifmetik kishining qo‘liga, yiliga to‘qqiz yuz dollar ham to‘g‘ri kelmaydi. Endi bu o‘rtacha ko‘rsatkichlar. Bu degani, bundan kamroq puli borlar ham bor, ko‘proq ham. Lekin iqtisodiyot shunchalik kichkina degani, hammaga bor pulni teppa-teng bo‘lib bersak ham har bir odam unchalik farovon hayot kechiradi deya olmayman.
Shuning uchun ham iqtisodimizning asosiy muammosi, bu umumiy iqtisodiyot hajmini o‘stirish. Tepada aytganimdek, savdo uchun ixtiyoriy to‘siqlar (bojlar yoki qog‘ozbozlik) va propiska iqtisodiyotni qisqartiradigan narsalar. Shuning uchun iqtisodiyot o‘sishi haqida qayg‘ursak, uni qisqartiradigan narsalardan voz kechishimiz kerak.
"Iqtisodchi kundaligi"dan


Manba:sof.uz
Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 2581 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Kambag‘allik, Qanday, bilan, kurashsa bo‘ladi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:38
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное