Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Choli Qushi-soundtreck
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Kuz ertagi-soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck (korea)
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Великолепный Век-Soundtreck 2
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Kartadan kartaga o‘tkazmalar nazorati – Konstitutsiyaga zid

O‘zbekistonda 1 may kuni bir-biriga zid ikkita huquqiy norma kuchga kirdi. Bank sirlariga oid kengaytirilgan normani o‘z ichiga olgan yangi Konstitutsiya amal qila boshladi. Shu kundan e’tiboran, bu normaga zid amaliyot ham yo‘lga qo‘yilishi – soliqchilar barcha fuqarolarning kartadan kartaga pul o‘tkazmalari haqidagi ma’lumotlarni to‘plashi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston qonunchiligida 1 maydan e’tiboran bir qator o‘zgarishlar kuchga kirdi. Ulardan eng asosiysi – yangi tahrirdagi Konstitutsiya amal qila boshladi.

Konstitutsiya bo‘yicha referendumda qabul qilingan qonunga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi qonunchilikni yangi konstitutsiyaga moslashtirish dasturini 2 oy muddat ichida ishlab chiqib, parlamentga kiritishi kerak.

Bu o‘zgarishlar dasturidan kartadan kartaga pul o‘tkazmalariga oid yangi tartibni bekor qilish ham joy egallashi mumkin. Chunki yangi Konstitutsiya shuni taqozo qiladi.

Gap shundaki, 2023 yil 10 fevral kuni imzolangan prezident farmoniga asosan, to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar (banklar va Payme, Click kabi to‘lov tizimlari) jismoniy shaxslar o‘rtasida pul o‘tkazmalari amalga oshirilganda, ularga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun (komissiya “0” so‘m bo‘lgan taqdirda ham) elektron hisobvaraq-fakturalar rasmiylashtiradi va soliq organlariga taqdim etadi.

Bu – soliq organlari O‘zbekistonda emissiya qilingan bir necha o‘n million kartalar o‘rtasidagi o‘tkazmalardan xabardor bo‘lib turishini anglatadi.

Bu norma farmonga huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmagan holda qo‘shib yuborilgan. To‘lov tashkilotlari EHFlarni “taqdim etadi va rasmiylashtiradi” deb yozilganiga qaraganda, lingvistik ekspertizadan ham o‘tmagan bo‘lishi mumkin, chunki jumladagi so‘zlar ketma-ketligi “rasmiylashtiradi va taqdim etadi” degan shaklda bo‘lishi to‘g‘ri bo‘lardi.

Kun.uz avvalroq bu tartibning kamida ikki qonunga – “Bank sirlari” hamda “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonunlarga zid ekani haqida yozgan,. bu tartib Konstitutsiyaning yangi tahririga zid bo‘lishini ham qayd etgan edi.

Konstitutsiyaning avvalgi tahririda “Bankka qo‘yilgan omonatlar sir tutilishi va meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi”, deb yozilgan edi. Hujjatning 1 maydan kuchga kirgan yangi tahririda esa bu norma quyidagicha kengaytirilgan:

“Bank operatsiyalarining, omonatlarning va hisobvaraqlarning sir tutilishi, shuningdek meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi”. (41-modda)
Kartadan kartaga o‘tkazmalar bank operatsiyalarini tashkil etadi. Banklar kartalarni emissiya qilishda ularni mijozning hisobvarag‘iga bog‘laydi. Shu tariqa, bank operatsiyalari, omonatlar va hisobvaraqlar (ularning bor-yo‘qligi haqidagi axborot ham shu jumladan) sir tutilishi shart.

Bundan tashqari, yangilangan konstitutsiyada bir qator boshqa yangiliklar ham borki, ular ham kartadan kartaga o‘tkazmalar keysiga bevosita taalluqli:

Har bir inson shaxsiy va oilaviy sirga ega bo‘lish huquqiga ega. (31-modda)
Insonning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir hamda ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas. Insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi. (20-modda)
Har kim o‘zi to‘g‘risida qonunga xilof yo‘l bilan to‘plangan ma’lumotlarning yo‘q qilinishini talab qilish huquqiga ega. (31-modda)
Konstitutsiya oliy yuridik kuchga ega bo‘lib, to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiladi. (15-modda)
Yuqoridagilarga ko‘ra, agar u yoki bu fuqaro yangi konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan huquqlaridan foydalangan holda, soliq organlaridan uning pul o‘tkazmalari haqida ma’lumot to‘plashni bas qilishni, shu paytgacha to‘plangan ma’lumotlarni yo‘q qilishni talab qilib sudga murojaat qilsa, bu borada sud pretsedenti vujudga kelishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda uning huzuridagi Soliq qo‘mitasi kartadan kartaga o‘tkazmalar nazoratidan maqsad nima ekani, nima sababdan bu haqdagi bank prezident farmoniga huquqiy ekspertizasiz qo‘shib yuborilgani bo‘yicha shu paytgacha izoh bermay kelmoqda.

Vazirlik va qo‘mita rahbariyati 13 aprel kuni banklar va to‘lov tashkilotlari vakillari bilan uchrashib, o‘tkazmalar haqidagi ma’lumotlarni soliq organlariga uzatib turish qanday tashkil etilishini muhokama qilgan.

Soliq qo‘mitasi vakillari Kun.uz'ning ayni mavzudagi iqtisodchilar bilan suhbatiga taklifini rad etdi.

Kun.uz suhbatlashgan iqtisodchi Shuhrat Qurbonovning so‘zlariga ko‘ra, hisobvaraq-fakturada pul qabul qiluvchining emas, faqat pul jo‘natuvchining ma’lumotlari aks etadi. Bu esa soliqchilar P2P orqali savdo qilib, soliqdan qochayotganlarni ta’qib qilishni maqsad qilgan, degan taxminga soya soladi. Qurbonov shunga o‘xshash tartibni avvalroq Qozog‘iston ham joriy qilmoqchi bo‘lgani, lekin tanqidlar va e’tirozlardan keyin qo‘shni mamlakatda bu fikrdan qaytilganini ham eslaydi.

“[Qozog‘iston] moliya vaziri o‘rinbosari hisob-kitob natijalariga tayanib, naqdsiz to‘lovlarning 10 foizga oshishi real YaIMning 1 foizga oshishiga olib kelishini aytgan”, – deydi u.

Intervyuda ishtirok etgan yana bir iqtisodchi Otabek Bakirov negadir qonun chiqaruvchi organlar va Markaziy bank bu masalada sukut saqlayotganiga e’tibor qaratgan edi. U 2 may kuni Telegram-kanalida yangi konstitutsiya qabul qilinishi munosabati bilan banklarni P2P o‘tkazmalar haqidagi ma’lumotlarni soliq organlariga taqdim etishni zudlik bilan to‘xtatishga, soliq organlarini esa bu ma’lumotlarni olishdan voz kechishga chaqirdi.

Soliq maslahatchisi Murod Muhammadjonovning biz bilan suhbatda aytishicha, P2P o‘tkazmalar nazoratidan maqsad – hisobvaraq-fakturadan pul qilish bo‘lishi mumkin. U soliq organlari ayrim jismoniy shaxslarga mablag‘ o‘tkazishni bloklab qo‘yishidan xavotir bildirdi.

Kun.uz bugun, 2 may kuni o‘tkazmalar bo‘yicha hisobvaraq-faktura rasmiylashtirish va soliq organlariga uzatish boshlandimi, degan savol bilan qator banklar va to‘lov tashkilotlarining matbuot xizmatlariga murojaat qildi. Javoblar olingach, bu haqda qo‘shimcha xabar beriladi.
 


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1269 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Kartadan, zid, Konstitutsiya, nazorati, kartaga, o‘tkazmalar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное