Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Keksa ayol hamshiradan tirnoqlarini olib qo`yishni so`radi, javob esa shunday bo`ldi...





Keksa odamlarning ko`ngli juda nozik bo`lishini barchamiz bilamiz, ularning yuraklariga ozor berib qo`yishdan-da osonroq narsa yo`q. Ularning ko`ngillari odatda juda oddiy narsalarni tusab qolishi, ammo ular bu haqda so`rashdan istihola qilishlari mumkin. Aslida ularning birgina tabbasumi uchun unchalik ko`p narsa kerak emas. Bu hodisa keksa insonlarning ko`ngli qanchalar nozik bo`lishini ko`rsatib beradi. Birovning ko`ngil kalitini juda ehtiyotkorlik bilan topish kerak.

Brendalin Mey Porter — qariyalar uyining hamshirasi. Aksariyat keksalar juda istiholali va zarurat bo`lmaganda deyarli bezovta qilishni istashmaydi. Keksa ayollardan biri Brendalindan uning qo`lidagi tirnoqlarni olib qo`yishni so`radi. Hamshira keksa ayolning qo`llariga lak qo`yib qo`yishni taklif qilganida ayol buni qat`iyan ma`n etdi.




Bu voqea haqida hamshira qiz quyidagilarni yozib qoldirdi:


Bugun men ishda buvijonlardan birining tirnoqlarini chiroyli qilib qo`ymoqchi bo`ldim, biroq u buni istamadi. U o`zining qo`llaridan uyalib: «Mening qo`llarim chiroyli emas, men ularga e`tibor jalb qilishni istamayman.» Albatta yoshi keksaligi sababli ayolning qo`llarida ajinlar va yoshiga mos dog`lar bor edi, ammo men uning tirnoqlarini hech bo`lmaganda rangsiz lak bilan chiroyli qilib qo`yishni istadim.

Porter o`ylab qoldi. Hamda ayolga shunday so`zlarni aytdi: «Sizning qo`llaringiz juda go`zal. Ular hayotingiz tarixidan so`zlaydi. Ular sevgi, mehr va sarguzashtlaringizdan hikoya qiladi. Ular sevimli insonlarga mehr bera olgan qo`llardir.»
Uning iliq so`zlari keksa ayolning ko`zlariga yosh keltirdi... « U rozi bo`ldi va biz uning tirnoqlari uchun och pushti rangda to`xtadik,» — deya yakunladi hikoyasini Porter.



Uning ijtimoiy tarmoqdagi bu yozuvi ko`pchilikni to`lqinlantirib yubordi, ayrimlar keksa onalarining va sevimli rafiqalarining qo`llari suratlarini yuborishdi — ularning barchasi go`zal. Shunday emasmi?

 
 


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 6884 | Рейтинг: 0| Рейтинг: shifokor, keksa ayol
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное