Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SOG'LIK

Shifokor: Semizlik bepushtlikka olib keladi

Shifokor Parmayota Sanakupining so‘zlariga ko‘ra, BAA hududida erkaklarning bepushtlikka chalinish holatlari ko‘payib bormoqda.
Mutaxassisning aytishicha, bunga aholining noto‘g‘ri hayot tarzi sabab bo‘lmoqda. Diabet bilan og‘riganlar hamda ortiqcha vaznli odamlar juda ko‘p, bu esa bepushtlikka olib keluvchi omil hisoblanadi. Organizmda kalsiy yetishmasligi ham bu borada muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Qolaversa, bodibildingda foydalaniladigan steroidlarning keyinchalik bilinadigan yomon oqibatlari bor.
Avvallari arab mamlakatlarida bu masalaga oriyat bilan qaralar va davolanish kech boshlanar yoki umuman boshlanmas edi. Hozir esa bu noto‘g‘ri qarashlar o‘zgarib bormoqda.
Dubay sog‘liqni saqlash ma’muriyati akkreditatsiya markazi ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Oysha Al Falahning so‘zlariga ko‘ra, BAAda bepushtlikdan davolanishga navbat kutayotgan erkaklarning ulkan ro‘yxati mavjud.
Hukumat markazida davolanish uchun o‘rtacha 5-6 oy kutish lozim, chunki aynan shu yo‘nalishda atigi bitta bo‘lim mavjud. Xususiy klinikalar ham bepushlikni davolash bilan shug‘ullanadi.
Doktor Ozod Mupenga binoan, sun’iy urug‘lantirish eng samarali yo‘l bo‘lib qolmoqda. 45-50 foiz holatlarda sun’iy urug‘lantirish omadli yakun topadi.
Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, chaqaloqlarning taxminan 1 foizi irsiy xastalik bilan dunyoga keladi. Shifokor Panayotaning fikricha, ayni shu omil ham sun’iy urug‘lantirishning afzalligini ko‘rsatadi. Chunki bu holatda kasalliklardan forig‘ eng sog‘lom embrionni tanlab olish imkonini beradi.


Manba:daryo.uz
Категория: SOG'LIK
Просмотров: 6512 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: shifokor, semizlik, bepushtlik
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
gambit_7_92 Худо курсатмасин бепушт булишши. Атак хаммаси худоданку лекин шундаям одамла нафсини тийишши билиш кере. Тугри биза тукин сочин тинч замонда яшавоммизаю дидигонлаям топилади. Лекин есдан чик,армасли кере биза яшаш у.н йимиза, йийиш у.н яшамимиза.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:33
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное