Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Gresiyada shifokorlar xatosi tufayli tirik ayolni ko‘mib yuborishdi

Gresiya polisiyasi tirik holatda ko‘milgan ayolning o‘limi yuzasidan tergov ishlarini olib bormoqda. Ushbu ayol 28 sentabr kuni mahalliy qabristonlarning biriga anglashilmovchilik tufayli tirik holda ko‘milgan. www.ntv.ru nashri bu haqda ma’lumot beradi.
Biroq dafn marosimi o‘tgach, qabr ostidan ayol kishining yordam berishlarini so‘rab, yig‘lab dod solgan tovushi eshitilgan. Ayni damda qabriston vakillari tergov qilinmoqda. Ular dafn marosimi o‘tgach qabr ostidan bir soat davomida ayol kishining tinimsiz yig‘lagan ovozini eshitganliklari haqida aytishgan. Oradan ikki soat o‘tib qabr ochilganda ayol allaqachon jon taslim qilib bo‘lgandi. Ayolga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun kelgan shifokor uning havo yetishmasligi oqibatida vafot etganini aytgan.
Aniqlanishicha, 49 yoshli ushbu ayol saraton kasalligiga chalingan va kasallik oqibatida letargik uyquga ketgan. Shifokorlar esa uni vafot etgan deb o‘ylashgan. Buni qarangki, dafn marosimidan so‘ng u o‘ziga kelgan.
Ayol yana qaytadan dafn etildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning ikki nafar farzandi bor edi.  
 Manba:darakchi.uz


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 11542 | Комментарии: 8 | Рейтинг: 1| Рейтинг: shifokor, Gresiya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 8
zumrad991 xozirgi zamonda pulning kuchi bilan soxta oliy ma'lumotli bo'volib, xatto oddiy ukol qilishniyam bilmaydigan shifokorlar juda ko'p...xayronman unaqa odamlarga qanday qilib inson o'z xayotini ishonib topshírishi mumkin...
Like | 0
zumrad991 yo XUDO :'( zamon rivojlanyapti deyishadiyu, lekin malakasiz va tajribasiz insonlar bilan to'lib toshib yotibdi zamon..
Like | 0
Qaysar_qizcha hoz kopchiligi mol duhtir bopketishganku
Like | 0
Damir_95_ Bechora
Like | 0
Begzodjon Becora ayol
Like | 0
Ramazon98 Qoyil trik odamni ko'mishgacha boribdi ALHAMDILILAH!!!
Like | 0
gambit_7_92 xuw wundan keyinam wifokorlaga iwoniw keremi? axir bu qotillikku.
Like | 0
Mikki Wifokorlargayam xayronsan yaxwilab tekwirmedimi tovba bir ayolni umriga zomin bulibdi.afsus
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:16
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное