Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. TisMarHan-soundtreck
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Efir Sirlari - Piano Version
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Kuz ertagi-soundtreck
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Qaxvaxona - soundtreck
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

Kelin bokira emasligini qanday sir tutdi, hojatxonaga tashlangan go‘dakning otasi kim?


Xabaringiz bor, yil boshida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni o‘ldirishga urinish holatlariko‘plab kuzatildi. Farg‘onada hojatxonada o‘g‘il chaqaloqni dunyoga keltirib, qasddan uchkun sovuq xonada saqlagan, Xorazmda qiz farzand tug‘ib, uni sellofan xaltaga yashiribqo‘ygan, fermaning tashlandiq qismida ko‘zi yorib, go‘dakni bo‘g‘ib o‘ldirgan ayollarvoqeasi bunga misol. Yaqinda shunga o‘xshash hodisa Farg‘ona viloyatining Oltiariqtumanida yuz berdi. Bir oylik kelinchak hojatxonada to‘rt muchasi sog‘lom qizaloqnidunyoga keltirib, uni o‘ldirmoqchi bo‘ldi.

Pinhona uchrashuvlar va to‘y

... 2017 yil boshida Nigora (maqolada ism shariflar o‘zgartirildi) Baxtiyor ismli harbiy yigit bilan tanishib qoladi. Avvaliga ular do‘stona gaplashib yurishadi. So‘ng bir – birlariga ko‘ngil qo‘yishadi. To‘ladan kelganligi bois doim dugonalaridan ajralib turgan qiz Baxtiyor uni qattiq sevib qolgani, unga uylanmoqchi ekanligini bilib, es – hushini yo‘qotadi. Galdagi uchrashuvlardan birida ikkisi hissiyotlarini jilovlay olmaydi...

Bo‘lib o‘tgan voqeadan qiz qattiq pushaymon bo‘lgan bo‘lsa ham mayli edi, afsuski, ular yana birnecha marotaba jinsiy aloqada bo‘lishadi.

Yoz oylariga kelib, Nigora homilador ekanligini bilib qoladi. Bu haqida Baxtiyor bilganmi-yo‘qmi, noma’lum. Oradan bir necha oy o‘tib, bachadondan qon ketishi kuzatiladi. O‘zicha «Homilam tushdi», deya xayol qilgan qiz, shifokorga ko‘rinmaydi. O‘zini-o‘zi ovutar ekan, Olim bilan munosabatlari fosh bo‘lmaganidan sevinardi.

2017 yilning noyabr oyida Nigora Hamdam ismli yigit bilan tanishib qoladi. Yigit qizga sovchi qo‘yadi va 2018 yilning 1 mart sanasida ular turmush qurishadi.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi: Nigora bokira emasligini qanday qilib sir tutdi? Zamonaviytibbiyot sharofatimi bu yoki issiq – sovuq, ilmu amalning kuchimi? Shunisi aniqki, yolg‘onasosiga qurilgan oila ertami – kechmi parokanda bo‘ladi.

To‘ydan bir oy o‘tib, Nigora qovug‘ sohasida kuchli og‘riq sezadi. Mehmonga kelgan qarindoshlarini kuzatgach, isitmasi ko‘tariladi. «Kelinimning mazasi bo‘lmayapti», deya xavotirlangan qaynona, o‘g‘li bilan birga kelinini qishloq vrachlik punktiga olib borishadi. Shifokorlar bir oylik kelinchakni homiladorlikda gumon qilib qon olishadi. Tibbiy tahlillar Nigora farzand kutayotganini tasdiqlaydi. Hamdam ota bo‘lishi, onasi esa tez orada nabira ko‘rishini eshitib suyinadi. Ertasiga ertalab Nigoraning tobi qochadi. Qovug‘dagi og‘riq belga tarqalar va bundan ayol nihoyatda qiynalardi. Shifokor buyurgan og‘riqsizlantiruvchi dorini kechki soat 19.00 gacha qabul qilib yurgan Nigora hojatxonaga borish istagi zo‘rayib borayotganidan vahimaga tushadi. Hojatxonada og‘riq yanada kuchayadi. Cho‘kkalab o‘tirgan holatda ayol qattiq kuchanadi va shu mahal qindan chaqaloq boshi ko‘rinib qoladi. Qo‘rqib ketgan kelinchak yana bir marta kuchanadi va qiz farzandni dunyoga keltiradi. Go‘dak qimirlamasdi. «Bola o‘lik tug‘ildi», deb xayol qilgan Nigora uni hojatxona teshigidan tashlab yuboradi. Chaqaloq shunda ham ovoz chiqarmaydi. Qattiq hayajonda bo‘lgan kelinchak jinoyat izini yashirish maqsadida hojatxona teshigidan 3-4 ta g‘ishtni pastga tashlaydi. Nigoradan xavotir olib, hojatxona tomonga kelayotgan Hamdamning ammasi kelinining ahvolini ko‘rib qo‘rqib ketadi. Nigora qon ketib qolgani va homilasi tushganini aytadi. Amma zudlik bilan tez tibbiy yordam xizmatini chaqiradi. Nigora turmush o‘rtog‘i hamrohligida shifoxonaga olib ketiladi.

Uyda qolgan Hamdamning onasi hojatxona poli qon ekanini ko‘rib, tozalab olmoqchi bo‘ladi. Shu mahal qaerdandir chaqaloq yig‘isi eshitiladi. Avvaliga keksa ayol «Kelinimning homilasidan ayrilgani qattiq ta’sir etdi chog‘i», deb xayol qiladi. Ammo go‘dak yig‘isi yaqin atrofdan eshitilaveradi. Ayol hovlida yurgan jiyanini chaqirib, undan chaqaloq yig‘isini eshityaptimi-yo‘qmi so‘raydi. Yigit ovoz hojatxonadan kelayotganini aytib, hojatxona teshigini yoritadi va uch metrcha pastda, g‘isht bo‘laklari orasida qimirlab yotgan chaqaloqni ko‘rishadi.

Hojatxonadan chaqaloq topilgani haqida Hamdamga xabar berishadi. U hojatxona polini buzib, go‘dakni chiqarib olish kerakligini aytadi va o‘zi ham ortiga qaytadi.

Erining jiyani bilan suhbatini eshitgan Nigora siri fosh bo‘lganini anglab, onasiga qo‘ng‘iroqqiladi.

Hamdamning xonadoniga chaqirtirilgan tez tibbiy yordam xizmati xodimlari chaqaloqqa birinchi yordamni ko‘rsatib, uni o‘zlari bilan olib ketishdi. O‘z onasi qasddan o‘ldirmoqchi bo‘lgan qizaloq tirik qoldi.

Sud hukm o‘qildi

Bir oylik kelinchakning hojatxonada tug‘ib, go‘dakni o‘ldirmoqchi bo‘lgani yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Sud majlisida guvohlar so‘roq qilindi. Ne – ne umidlar bilan to‘y qilgan qaynona, jufti halolim deya ko‘ngil qo‘ygan er Nigora bilan birgalikdagi bir oylik hayotlari haqida ko‘rsatma berishdi. Taassufki, hech kim kelinchakning homiladorligini bilmagan. Avvaldan to‘ladan kelgan ayol uzun, keng kamzul kiyib yurgan va homiladorlarga xos hech qanday alomatlar kuzatilmagan. Kimdir «Bunday bo‘lishi mumkin emas, axir, homila qimirlaydi-ku» deya e’tiroz bildirishi mumkin. Ehtimol, go‘dak istalmagan farzand ekanligini his qilib, o‘zi haqida bildirgisi kelmagandir. Yana kim biladi, deysiz...

Sud Nigora Akromovani JKning 25, 99-moddasi bilan aybdor deb topdi. Unga ikki yilmuddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati

hamda jinoyat ishlari bo‘yicha Buvayda tuman sudi sudyasi

Umid Mehmonaliev bilan hamkorlikda tayyorlandi




Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 18363 | Рейтинг: 0| Рейтинг: o'ldi, Bola, Kelin, Qiz Bola, bokira
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:05
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное