Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Uch yoshli bola AQShdagi shaharchaning meri etib saylandi

AQShning Minnesota shtatidagi aholisi 22 kishidan iborat Dorset shaharchasiga uch yoshli Jeyms Tafts mer etib tayinlandi, deb xabar bermoqda “Korrespondent” nashri.
Bolakay AQSh tarixidagi eng yosh shahar meri etib saylandi. U bu lavozimda o‘zining 6 yoshli akasining o‘rnini egalladi.
Ma’lum qilinishcha, saylovlar kuni bolakay saylovchilari bilan suhbatlashdi va saylovlarda yutadigan bo‘lsa ularni muzqaymoq bilan mehmon qilishga va’da berdi. 
Bolaning onasi o‘g‘li saylovlarda yutib chiqqanda juda hayajonlanganini aytdi. Shuningdek, ayol kelgusida o‘g‘li siyosatchi faoliyatini davom ettirishni istamayotgani, balki baliqchi bo‘lishni rejalashtirayotganini qo‘shimcha qildi. 
2014 yilda San-Fransisko shahri meri sifatida bir kunga chixuaxua zotidagi Frid laqabli kuchuk tayinlangan edi. Bu shahardagi hayvonlar uchun boshpanani qo‘llab-quvvatlash tadbiri doirasida yuz bergan.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 7829 | Комментарии: 7 | Рейтинг: 0| Рейтинг: meri, etib saylandi, Uch yoshli, Bola, AQSH, shaharcha
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 7
sarbon1997 Yaxshi buptiku
Like | 0
TANHOGINAM tovba aqlga sig'miydigan ishlar qilishadiyey
Like | 0
iqbol568 E odam qurib ketibdida
Like | 0
omina1710 erta boshlabdiku boshqaruvni bolakay
Like | 0
Damooo Tovuni mer qib qo'yshmabdide
Like | 0
Damir_95_ Oxo kichkintoy
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:13
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное