Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Kino sohasida ta’lim olmay, Bollivudga asos solgan “daydi” — Raj Kapur hikoyasi

Kapurlar sulolasining asoschisi Raj Kapur 1924-yil 14-dekabrda dunyoga kelgan. U 62 yil umr kechirdi, hayot bo‘lganida 97 yoshni qarshi olgan bo‘lar edi. 

Raj Kapur va Nargis “Daydi” filmida ajoyib oshiqlar rolini mahorat bilan ijro etgani tomoshabinlarga ma’lum. Ularni jahon yulduziga aylantirgan boshqa bir qancha filmlar ham suratga olingan. Filmda suratga tushish jarayonida Rajga nisbatan Nargisning ko‘nglida muhabbat paydo bo‘lgan. Rajga oq rang yoqishini bilgach, hatto ana shu rangda libos kiyishni ham odat qilgan. Ammo aktyorning allaqachon oilasi va farzandlari bor edi.

Raj aktyorlar oilasida tug‘ilgan: bobosi aktyor, otasi esa teatrga rahbarlik qilgan. Shuning uchun ham Rajning bu kasbni davom ettirishi ajablanarli holat emas. U birinchi marta olti yoshida sahnaga chiqqan va o‘n bir yoshidan boshlab filmlarda o‘ynay boshlagan. Qizig‘i shundaki, Raj Kapur maxsus ma’lumotga ega bo‘lmagan, ammo 24 yoshida u Hindistonning eng yosh rejissoriga aylanib, filmlar suratga olishni boshlagan. Oradan ko‘p o‘tmay, u kinostudiyaga asos soldi. Ammo uning maktabni bitirganlik haqidagi shahodatnomasi ham yo‘q: u lotin tilini o‘rgana olmagani uchun imtihonlardan o‘ta olmagan. U kinoni auditoriyalarda emas, balki o‘z tajribasida o‘rgangan.

Raj Kapur ishtirokidagi “Daydi” filmi butun dunyoda mashhurlikka erishdi. Hind kinosi qanday bo‘lishi mumkin?  Cheksiz muhabbatni o‘z ichiga olgan va qo‘shiq hamda raqs bilan boyitilgan ijtimoiy drama. Ba’zilar buni sodda deb atadi, kimdir uchun bundan yaxshirog‘i bo‘lishi mumkin emas, film chindan ham samimiy va tushunarli.  Urushdan keyin vayrongarchilik va qiyinchiliklardan charchagan sobiq ittifoq mamlakatlari aholisi uchun daydi yigitning hikoyasi juda tanish va tushunarli edi.

Film namoyishidan keyin tomoshabinlar ko‘zlari yoshga to‘lgan holda kinozallarni tark etgan: ular bechora daydiga achinar, uzoq vaqt davomida filmda yangragan taronlarni kuylab yurardi.

Aytishlaricha, Javaxarlal Neru rasmiy tashrif bilan SSSRga kelganida Nikita Xrushchyov undan Raj Kapurni tanishi haqida so‘ragan. Hindiston bosh vaziri o‘g‘ri rolini o‘ynagan bola undan ko‘ra mashhurroq bo‘lishi mumkinmi, deya g‘azablangan. Lekin aynan shunday edi va Neru buni boricha qabul qilishiga to‘g‘ri kelgan.

“Janob va xonim Kapurlar”

Albatta, Raj Kapur ishtirokidagi “Daydi” filmida bosh qahramonni Nargis ijro etgan. Ko‘pchilik ularning turmush qurishiga ishonchi komil edi. Hatto gazetalarda ham ular haqida: “Janob va xonim Kapurlar” deb yozishgan. Axir ekranda ular orasidagi muhabbat uchqunlari aniq sezilib turar edi, buni ijroga yo‘yib bo‘lmasdi! Filmlarga nom tanlash bahslarga sabab bo‘lardi. Bu yosh rejissorga oson bo‘lmagan, u hali ko‘p narsani bilmas edi. Nargis unga yordam berishga harakat qilardi. Raj dastlab uning maslahatiga quloq soldi, keyin bahslasha boshladi va keyin suratga olish maydonchasida jiddiy kelishmovchiliklar avj oldi. Ko‘rinishidan, bu his-tuyg‘ular filmda o‘z aksini topgan, chunki tomoshabinlar oshiq juftlikning sarguzashtlarini nafas olmay tomosha qilar edi.

“Oq libosli xonim”

So‘ngra “Yomg‘irlar mavsumi” suratga olindi va yana xuddi shu voqea takrorlandi. So‘ngra “Daydi” butun dunyoni zabt etdi. Faqat e’tiborsizlargina Raj Kapur va Nargisning munosabati haqida gapirmasdi. Biroq Raj jurnalistlarning savollarini javobsiz qoldirgan: u turmush qurgan, rafiqasi Krishna Malxotra – uning uzoq qarindoshi bo‘lib, ularning o‘sha vaqtda uch farzandi bor edi.

Xo‘sh uni turmushga chiqmagan aktrisa bilan aloqasi bo‘lishi mumkinmi? O‘sha yillardagi Hindistonda bu jiddiy janjal keltirib chiqarishi mumkin edi. Shuning uchun Raj Nargisni balandparvoz sifatlashlar bilan ta’riflagan: Nargis – uning ilhom parisi va yordamchisi, “filmlarining onasi”. U sevgan insoniga yoqish uchun oq kiyim kiygani tufayli uni “oq libosli xonim” deb atashgan. Ikkalasi birgalikda Kapur kinostudiyasining logotipini yaratgan. Bir so‘z bilan aytganda, bu ikkisi Hindistonning ramzi, uning timsoli edi.

Ayriliq

Ular o‘n yil davomida ayrilmadi. Bu vaqt ichida Raj Nargis bilan oshiqlar rolini o‘ynagan o‘n oltita filmni suratga oldi. Ammo u Nargisga shon-shuhratdan boshqa narsani bera olmadi: rafiqasi bilan ajrashish haqida hech qanday gap bo‘lishi mumkin emas edi. Va nihoyat ular ajraldi. 1956-yilda tomoshabinlar juftlik ishtirokidagi so‘nggi film – “Hammadan yashirincha”ni tomosha qildi. So‘ngra darhol ekranlarda Nargisning o‘zi Rajsiz suratga tushgan “Ona Hindiston” filmi namoyish etildi. Aktrisaning yangi ampuladagi roli g‘alaba qozonish bilan barobardek edi: Nargis bolalari bilan tashlab ketilgan baxtsiz ayol rolini o‘ynadi. Uning mashhurligi misli ko‘rilmagan yuksaklikka ko‘tarildi. Bu Raj uchun og‘ir zarba bo‘ldi.

Ustiga-ustak, Nargisning yangi partnyori bilan ishqiy munosabatlari haqida mish-mishlar tarqaldi. Tez orada u, ya’ni Sunil Datt Nargisga turmush qurishni taklif qildi. Ular turmush qurdi va Nargis bu nikohdan uch nafar farzandni dunyoga keltirdi. Raj Kapur bilan munosabatlar esa o‘tmishda qoldi. Nargis Rajsiz ham baxtli bo‘ldimi, buni hech kim bilmaydi. Har holda, u orzu qilgan narsasiga erishdi: oila qurdi va uch nafar farzand ko‘rdi. Nargis 1981-yilda 52 yoshida vafot etdi.

Raj Kapur hind kinosining ulkan imperiyasi – Bollivudning asoschisiga aylandi. U har qanday sharafga sazovor bo‘ldi. Uning ijodiy karyerasi baland-pastliklarni boshdan kechirdi, filmlarida eng yaxshi aktrisalar suratga tushdi. Ammo partnyorlar orasida Nargis kabi muvaffaqiyatli va sevimli tandem yo‘q edi. “Oq libosli xonim” davri yakuniga yetgandi. Afsonaviy “daydi” 1988-yil 2-iyunda yana bir nufuzli mukofotni qo‘lga kiritib, vafot etdi. Butun Hindiston unga motam tutdi, bir necha oylardan so‘ng Kapurning xoki sochilgan Gang daryosi sohillariga tog‘ gullari keltirildi. Hindlar o‘zining filmlari bilan qo‘ldan kelganicha hayotga umid va muhabbatni saqlab qolishga yordam bergan aktyorga minnatdorchilik bildirdi. Raj Kapurning rafiqasi Krishna esa turmush o‘rtog‘ining o‘limidan so‘ng – umrining so‘nggiga qadar oq libos kiyishda davom etdi.

Raj Kapur va oilasi

Raj Kapur hind kinosining ulkan imperiyasi – Bollivudning asoschisiga aylandi. U har qanday sharafga sazovor bo‘ldi. Uning ijodiy karyerasi baland-pastliklarni boshdan kechirdi, filmlarida eng yaxshi aktrisalar suratga tushdi. Ammo partnyorlar orasida Nargis kabi muvaffaqiyatli va sevimli tandem yo‘q edi. “Oq libosli xonim” davri yakuniga yetgandi. Afsonaviy “daydi” 1988-yil 2-iyunda yana bir nufuzli mukofotni qo‘lga kiritib, vafot etdi. Butun Hindiston unga motam tutdi, bir necha oylardan so‘ng Kapurning xoki sochilgan Gang daryosi sohillariga tog‘ gullari keltirildi. Hindlar o‘zining filmlari bilan qo‘ldan kelganicha hayotga umid va muhabbatni saqlab qolishga yordam bergan aktyorga minnatdorchilik bildirdi. Raj Kapurning rafiqasi Krishna esa turmush o‘rtog‘ining o‘limidan so‘ng – umrining so‘nggiga qadar oq libos kiyishda davom etdi.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 1165 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Raj, Bollivudga, Kapur, “daydi”, kino, hikoyasi, asos, sohasida, olmay, ta’lim, solgan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное