Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Koronavirus: Qirg‘iziston favqulotda holat e’lon qildi

Qirg‘iziston Xavfsizlik Kengashi hukumatga 22 mart yakshanba kunidan boshlab favqulotda holat rejimini joriy etishni tavsiya qildi. Bu haqda "Sputnik Qirg'iziston" respublika prezidenti matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Shu bilan birga, hukumat koronavirus aniqlangan O‘sh, Jalolobod va Botken viloyatlarining uch tumanida favqulotda holat e’lon qildi.
Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 12 nafarni tashkil qiladi. Ularning barchasi Saudiya Arabistoni va Quvaytdan ziyoratdan qaytganlardir. Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, dastlabki oltita bemor 2330 ta fuqaro bilan aloqada bo‘lgan.
Avvalroq mamlakat chet el fuqarolariga vaqtincha taqiq joriy etgandi. Ommaviy tadbirlar taqiqlangan, maktab va universitetlar karantinga qo‘yilgan. 


Manba:aniq.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 3694 | Рейтинг: 0| Рейтинг: favqulotda holat, e’lon qildi, Koronavirus, Qirg‘iziston
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное