Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » INTERNET TARMOG'I

Instagram yil yakunlarini e’lon qildi

Instagram ijtimoiy tarmog‘i o‘tayotgan yil yakunlarini e’lon qildi. Mazkur hisobotda eng ommalashgan fotosuratlar, shaharlar, diqqatga sazovor maskanlar, xeshteg va emodzilar keltirilgan, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Instagram’ da eng ko‘p “layk” yiqqan fotosurat Kim Kardashyanning singlisi Kendall Jenner tasviri bo‘ldi. Foto 3,2 milliondan ziyod “layk” to‘plagan. Teylor Svift akkauntidan o‘rin olgan ikki surat ham yuqori beshlikka kirdi.
Eng mashhur shahar sifatida Nyu-York e’tirof etildi, keyingi o‘rinlarda Parij, London va Moskva qayd etildi. Diqqatga sazovor joylar ro‘yxatida Eyfel minorasi, Luvr va Qizil maydon peshqadamlik qilmoqda. Dunyo bo‘yicha yilning eng ommalashgan xeshtegi #love, emodzi esa yurak ramzi bo‘ldi.
Sentabr oyida Instagram foydalanuvchilari soni 400 milliondan oshdi, oktabrda esa ijtimoiy tarmoq besh yilligini nishonladi.


Manba:daryo.uz
Категория: INTERNET TARMOG'I
Просмотров: 4814 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yil yakunlari, Instagram, e’lon qildi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:22
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное