Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » INTERNET TARMOG'I

O'zbekistonda internet hatto Qirg‘izistondagidan yomon ishlaydi

“Novosti Uzbekistana” muxbiri Igor Reshetnikov o‘zining yangi maqolasida Namanganda internet xizmatlari ko‘rsatish sifati past darajada ekanligini aytdi.
“Namangan aholisi Xalqaro to‘rga ulanganida ko‘p qiyinchiliklarga uchraydi: qotib qoladi yoki tezligi past, - deydi u.
– Umuman, poytaxtdagi vaziyat ham ko‘p farq qilmaydi. Ayniqsa O‘zbekiston tashqarisida bo‘lganingizda buni yaqqol sezasiz. Muallif turli mamlakatlarda bo‘lgan, va ularda internet qanday ishlashidan hayron qolgan. Bu texnik jihatdan ilg‘or mamlakatlargagina, Yevropa yoki Xitoygagina xos emas.
Qo‘shnilarimiz Qozog‘iston va Qirg‘izistonda ham vaziyat yaxshiroq. Masalan, Berlinda smartfonga yangi operasion tizimni o‘rnatishga 45 daqiqa ketgan edi, uyda esa bunga bir kundan ko‘p vaqt ketadi. Bu qanaqadir eksklyuziv emas – bor-yo‘g‘i 35 yevro/oy evaziga har qanday odam katta tezlikdagi cheksiz trafikli internetga ulanishi mumkin”.
O‘zbekistonda ma’lumotlar yuklash tezligi 2.44 Mb/sekundni tashkil qiladi, bu jahondagi 188 mamlakatni qamragan reytingda 170-o‘rin demakdir. Birinchi o‘rinda turgan Gongkongda – 69.38 Mb/sekund, Singapurda – 59.53 Mb/sekund. Rossiya 30-o‘rinda (21.09 Mb/sekund), Xitoy 16.64 Mb/sekund tezlik bilan 43-o‘rinda, Qozog‘iston esa 52-pog‘onada (13.71 Mb/sekund), 80-o‘rinda – Qirg‘iziston (8.46 Mb/sekund).
“Ko‘p narsa geografiyaga bog‘liq, - dedi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi Namangan bo‘linmasi rahbari Lazizxon Nosirov, bu boradagi savolga javob berarkan. – Bizning liniyalarimiz “Rostelekom” va “Qozoqtelekom” orqali o‘tadi, biz oxirgi nuqtadamiz. Biz Qozog‘istondan tezlik sotib olamiz va bu trafik internet provayderlariga beriladi. Bizning viloyatimizda bundaylar soni oltita. Tariflar ham shundan kelib chiqadi – tezlik qancha baland bo‘lsa, narx ham shuncha qimmat”.
“Bizning mamlakatimizda “O‘ztelekom” tashqi internet tarmoqlariga chiqa oladigan yagona kompaniyadir, - so‘zida davom etdi u. – U tashqi trafikni boshqa provayderlarga yetkazib beradi. O‘zbekistondagi tariflar juda yuqori bo‘lib, nafaqat qo‘shni mamlakatlardagi, balki Yevropadagi narxlardan ham qimmatdir. Fuqarolarimizning daromadini esa ularga qiyoslab bo‘lmaydi”.

Манба: 12news.uz. Муаллиф: Игорь РЕШЕТНИКОВ, «Новости Узбекистана»


Категория: INTERNET TARMOG'I
Просмотров: 8429 | Комментарии: 10 | Рейтинг: 1| Рейтинг: yomon ishlaydi, Internet, Hatto, Qirg‘iziston, O'zbekistonda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 10
badgirln1 Бухорода юсел яхшику
Like | 0
YOQIMTOY92 Hozircha yaywiyu arzonroq bolsa yagwi bolardi
Like | 0
farhod8483 waharda yaxwi qiwloda antina yu tarona.net z6r maqola 4qaribsizlar zero yusel xam antinasini tugrila Zur bulardi
Like | 0
NIGOSH пишет: | 01.10.2015 | 22:37 #7 Страница с комментарием
Nigow771 Yaxwilansin ilohim
Like | 0
Axad23xx Bizad vapshe yoooq Ayniqsa
Yuseldan intrnetga igna bilan quduq qozgandanda qiyin
Like | 0
NuR_KR Juda past Nukusda
Like | 0
begim4155 Bizda xam sal ozgaeiw bolarmidi tezro iwlasayuuu %) <_<
Like | 0
998942327464 Yaxshilanib qolar bir kun
Like | 0
9409067_99 Nima ham qilardik? Ishlaganiga shukr. %)
Like | 0
Marhaboyoz Haqiqatdan ham uzbida juda sekin ishlaydi.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:10
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное