Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Koronavirusga chalingan andijonlik kursdoshlar uchrashuvida qatnashgan
Ayni paytda Andijon viloyatida 3 nafar, Namanganda esa 6 nafar kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan. Namangan viloyatidagi bemorlardan biri, 72 yoshli ayol vafot etgan.

Namangan shahrida yashovchi 1969 yilda tug‘ilgan ayol Turkiya orqali umra ziyoratiga borib kelgach, o‘zidan tashqari yana 4 nafar oila a’zosiga – onasiga, qiziga, nabirasiga hamda singlisiga koronavirus infeksiyasi yuqtirgan. Uning surunkali kasalligi bor bo‘lgan onasi miokard infarktidan vafot etdi.
Yana bir fuqaro Istanbul-Toshkent reysi bilan uchib kelib, uy karantinida saqlangan, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga karantin kuzatuvida bo‘lib, viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi virusologiya laboratoriyasi tahlil natijalariga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi borligi aniqlangan.
Namangan viloyat hokimligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, koronavirus infeksiyasi aniqlangan 5 kishi ayni vaqtda viloyat yuqumli kasalliklar kasalxonasida davolanmoqda.
Andijonda 3 kishida koronavirus aniqlangan, er-xotin (ularning ikkisi ham shifokor) va uning talaba qizida infeksiya tasdiqlangan.
Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, kasallik tashxisi qo‘yilgan ayol 10 mart kuni Qirg‘izistonning O‘sh shahriga borib, 11 mart kuni qaytgan. Oilaning O‘sh shahrida tibbiyot institutida o‘qiydigan qizi ham shu shaharda 10-18 mart kunlari bo‘lib, Andijonga qaytgan.
Ayolning turmush o‘rtog‘ida kasallik alomatlari paydo bo‘lganidan so‘ng o‘tkazilgan tibbiy tekshiruv natijasida oilaning 3 a’zosida ham koronavirus tasdiqlangan.
Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorovning ma’lum qilishicha, koronavirusga chalingan andijonlik Farg‘onada kursdoshlar uchrashuvida ishtirok etgan. Bu uchrashuvda namanganlik shifokorlar ham bo‘lgan.
«Afsuski, ko‘p fuqarolarimiz bu kasallikning yuqumli ekanligini, maxsus komissiya qo‘ygan karantin talablari, sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan tavsiyalarni tushunib yetmayapti.
Shuncha targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilayotganiga, turli yig‘ilish va marosimlar o‘tkazish taqiqlanganiga qaramasdan, oliy ma’lumotli ikki nafar fuqarolarimiz Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumaniga kursdoshlar uchrashuviga borgan. Bu yerda Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatidan kelgan sobiq kursdoshlar kun davomida birga bo‘lishgan. Ular orasida Andijondan kelgan koronavirus yuqtirgan uch nafar fuqaro ham bo‘lgan. Oqibatda ana shu uchrashuvda bo‘lgan barcha qatnashuvchilar endilikda karantinga olindi. Hozirda ular tekshirilmoqda. Namanganlik ikki fuqaro ham karantinda, tahlil natijalari chiqishini kutyapmiz.
Eng achinarlisi, ular uchrashuvdan kelib, yana 47 kishi bilan muloqotda bo‘lgan. Tasavvur qiling, ikki kishi kasallik yuqtirib kelib 47 kishiga yuqtirsa, 47 kishi oila a’zolariga yuqtirsa nima bo‘ladi?», — dedi Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorov 27 mart kuni viloyat aholisiga qilgan telemurojaatida.
Andijon viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Avazbek Abdurahmonov bergan ma’lumotga ko‘ra, ayni paytda koronavirus infeksiyasi aniqlangan uch bemor viloyatning Xo‘jaobod tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.


Manba:aniq.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5100 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Farg‘ona, uchrashuvida, kursdoshlar, qatnashgani ma’lum bo‘ldi, Koronavirus, Andijonlik, chalingan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Nodirbek Amirov пишет: | 29.03.2020 | 14:51 ( E-mail ) #1 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует Assalom alekum barcha birodarlarimizga! Avvalo shuni aytish joizki, bu kasallikka hali haligacha befarq yurganlar 60 foizni tashkil qiladi desak mubolaģa bòlmaydi. Insonlar òzgalarni òylash chetroqda tursin òzlarini ham òylashmay qolgan. Bu kasallikka Ollohdan panoh sòrab uyimizda òtirishga nima yetsin?!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:15
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное