Bahrom Nazarov - Yetiml... Bahrom Nazarov - Yetiml...
VIA Marokand - Boychech... VIA Marokand - Boychech...
Nilufar Usmonova - Kel ... Nilufar Usmonova - Kel ...
Sardor Rahimxon - Madin... Sardor Rahimxon - Madin...
Sardor Mamadaliyev - Ar... Sardor Mamadaliyev - Ar...
Asilbek Amanulloh - Jan... Asilbek Amanulloh - Jan...


Меню
Поиск
Реклама
Фотоалбом
Сундтреки
. Qaxvaxona - soundtreck
. Qirolicha - Stakan Version
. Ayol Qalbi - True Love
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Alisher Uzoqov - Sevgi farishtasi [soundtreck]
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Tabib-Nadin kal kai (soundtreck koreya)
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Ishq Jodusi - All I want
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Ledi Gaga 28 yoshda

Ledi Gaga nomini eshitganlarning ko‘z o‘ngida g‘ayrioddiy, ba’zan kulguli, ba’zida esa ko‘rqinchli liboslari bilan barchani hayratga soladigan AQShlik xonanda gavdalanishi tabiiy.
Asl ismi Stefani Joann Anjelina Jermanotta bo‘lgan bu qo‘shiqchi 1986 yilning 28 martida Nyu-Yorkda, italyan oilasida to‘ng‘ich farzand sifatida dunyoga kelgan.
Uning ismi vafot etgan holasi Joann Anjelina Jermanotta xotirasiga bag‘ishlab qo‘yilgan. Stefanining o‘zidan 6 yosh kichik bo‘lgan Natali ismli singlisi bor.
U bolaligidan pianino chalishni sevardi va Maykl Jekson, Sindi Loperlarning qo‘shiqlarini chalib ularni magnitafon tasmasiga yozardi. 11 yoshga kirganida u Manxetten Guilliard School maktabiga o‘qishga kirmoqchi bo‘ladi, biroq kutilmaganda Convent of The Sacred Heart maktabiga o‘qishga kiradi va u yerda opa-singil Xiltonlar, Kerolayn Kennedilar bilan birga o‘qigan.
- “Men maktabni garchi o‘sha vaqtlar og‘riqli o‘tgan bo‘lsa-da, shirin xotira kabi eslayman. Sababi, maktabdagi hamma mening ustimdan kulardi. Men boshqalardek kiyinishni, boshqalardek oddiy bo‘lishni istamasdim. O‘tkaziladigan tadbirlarda, kechalarda qo‘shiq aytardim. Ular meni tushunishmasdi. Men esa jonu-dilim bilan musiqa olamiga kirib ketgandim” deydi omaaviy axborot vositalariga bergan intervyularidan birida Stefani.
Maktabni tamomlagach, Stefani Nyu-York universiteti qoshidagi San’at maktabiga o‘qishga kiradi. 14 yoshida u maktabning Bitter End kulibi sahnasida qo‘shiq aytardi. O‘shanda ham uning liboslari atrofdagilarni yo qo‘rqitardi yoki hayratga solardi...
Ayni damda u xonandalik bilan birga, prodyuser, qo‘shiqlar muallifi, filantrop, dizayner va aktrisa hamdir.
U o‘z faoliyatini 2007 yili boshlagan. Dastlab Interscope Records ovoz yozish studiyasida ishlay boshlagan Stefanining ovozi Reper Eykonni o‘ziga jalb qiladi va u bo‘lajak ko‘shiqchi bilan albom yaratish uchun shartnoma tuzadi.
Shu tarzda 2008 yili u ilk The Fame nomli albomini omma e’tiboriga havola etadi.
Albomdan o‘rin olgan “Just Dance”, “Poker Face”, “Paparazzi” kabi qo‘shiqlar xitga aylangan.
2009 yili Stefani navbatdagi The Fame Monster  nomli mini-albomini yozadi. Uchinchi Artpop albomi esa 2013 yilda yozilgan. 
Bo‘lajak xonanda bolaligidan hech kimga o‘xshamaslikka harakat qilardi. Xonandalik faoliyati boshlangach u mashxur qo‘shiqchilar Devid Boui, Maykl Jekson, Madonna va Queenlarga taqlid qilgan holda o‘zining yagona va qayarilmas imidjini yaratishga ahd qildi va aytish kerakki, buning uddasidan chiqa oldi.
Ayni damda uning har bir chiqishi alohida bir voqeaga aylanadi. Uning noodatiy liboslari, sochining rangi va turmagi, yuzidagi bo‘yoqlar, bosh kiyimi, oyoq kiyimi barcha-barchasi kishini hayratlantirmay qolmaydi.
2011 yilning oktabr oyidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Ledi Gaganing albomlari 23 million nushada sotilgan, singllarining esa dunyoda 64 million nushasi mavjud.
Garchi ijodini boshlaganiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da, u 6 ta “Gremmi”, 13 ta MTV Video Music Awards,8 ta MTV Europe Music Awards kabi mukofotlarni qo‘lga kiritgan.
Bundan tashqari VH1 tuzgan dunyoning eng yirik ayol qo‘shiqchilari orasida 4 o‘rinni egallaydi.
Yuqorida filantrop so‘zini tilga olar ekanmiz, Ledi Gaganing aynan bu bilan bog‘liq faoliyati haqida to‘xtalib o‘tmay iloj yo‘q. Filantrop atamasi doimiy ravishda atrofdagilarga yaxshilik qiluvchi kishilarga nisbatan ishlatiladi.
Aytish kerakki, Ledi Gaga bu borada boshqalarga o‘rnak bo‘la olishi mumkin. U turli hayriya tadbirlari, aksiyalarda uzluksiz ishtirok etadi. 2010 yili Gaitida sodir bo‘lgan zilziladan so‘ng u Nyu-Yorkda Radio City Music Hall konsert dasturidan tushgan mablag‘lar va shaxsiy onlayn-do‘konidagi o‘sha kungi mablag‘larni ushbu tabiiy ofatda jabrlangan insonlar uchun hayriya qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mablag‘ 500 ming AQSh dollarini tashkil etgan.
Shuningdek, Ledi Gaga OITS, OIV kasalliklariga qarshi kurashuvchi kompaniyalarga ham a’zo. Ledi Gaga Sindi Loper  va MAC Cosmetics bilan birgalikda Viva Glam nomli lab bo‘yoqlarini ishlab chiqaradi. Ushbu kosmetik vosita savdosidan tushgan mablag‘lar OIV bilan kurash uchun sarflanadi.
“Men Viva Glam oddiy, hammabop lab bo‘yog‘i bo‘lishini va uni har bir odam atrofdagilarga yordam berish uchun sotib olishini istayman” deydi Gaga.
2015 yilning 14 fevral sanasida u 33 yoshli aktyor Teylor Kinnining unga turmushga chiqishi borasidagi savoliga “ha” deb javob berdi.
Ledi Gaga bugun o‘zining tavalllud ayyomini nishonlar ekan, biz uning chiqishlaridagi g‘ayrioddiy liboslaridan sizlarga namunalarni namoyish etamiz. Haqiqatdan ham g‘ayrioddiy!
Manba:darakchi.uz

Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3291 | Комментарии: 1 | Голосов:: 0| Теги:: Ledi Gaga
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Guli пишет: | 31.03.2015 | 11:10 #1
guli101192 Ledi Gagani bunaqa inson deb oylamas edim bu opamizga gap yoq ekan ularga hurmatim oshdi ularning ijodiga omadlar
Like | 0
Сизда Изоҳ қолдириш ва фикр билдириш хуқуқи мавжуд эмас.
Фақат сайтимиздан руйхатдан ўтган фойдаланувчилар изоҳ қолдириш ва фикр билдиришлари мумкин.
[ РЎЙХАТДАН ЎТИШ | САЙТГА КИРИШ ]

Профил

Время: 17:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Реклама
Новинка у нас
. Bunyodbek Saidov - Jo'jingdan  
. Izzat Ibragimov (Xo'ja) - Askarlar  
. Bunyodbek Saidov - Ashking  
. Ummon Guruhi - Yangi Yil  
. Bahrom Nazarov - Yetimlar  
. VIA Marokand - Boychechak  
. Shoxruz (Abadiya) - Hayot  
. Hulkar Abdullayeva - Paka Pak (Remix)  
. Umar Shamsiyev - Mayli-mayli  
. Iroda Dilroz - Ikkimiz  
. Nilufar Usmonova - Kel Ikkimiz  
. Lola ft. Shaxriyor - Ko'nikmadim  
. Dilso'z - Vatanni sevish kerak  
. Ulug'bek Rahmatullayev - Chaqaloqlar (New Version)  
. Munisa Rizayeva - Sensiz  .
. Nilufar - Orzular  
. Shahzoda feat. Dr. Costi - Billionaire  
. Asilbek Amanulloh - Janee  
. Baxrom Nazarov - Yana Keldim  
. Shoxruz (Abadiya) ft. Maxsuma - Yuraklarda  

Мини-Чат
Tarona.net

Сайтимиз янгиликларидан доимий хабардор бўлиб туриш хизмати by Email


                   
Самое Популярное
. Ummon o'grimi Yoki BENOM... [Exclusive Intervyu]
. Ummon guruhi - Dengiz
. Ummon - Sensiz
. Shahzoda - Shunchaki
. Ummon - Alvido
. Ummon - Sen Kechir
. Ummon - Ana Endi Yeg'la
. Ummon - Eslab Qol
. Ummon - Ming Afsus
. Ummon - Tola