Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Lola Karimova oilasiga oid sirlarni oshkor etdi


Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning oila a’zolari – turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimova va kenja qizi Lola Karimova-Tillyayeva Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida barpo etiladigan Islom Karimov nomidagi xiyobonga o‘rnatilajak haykal ustida ish boshlaganliklari haqida xabar bergan edik.

Islom Karimov siymosi aks etgan navbatdagi haykal angliyalik taniqli haykaltarosh Pol Dey tomonidan yasalayotgani haqida avval ham ma’lumot bergandik. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi, “Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi raisi, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidenti, Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi vasiylik kengashi raisi, O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili Lola Karimova-Tillyayeva ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali ushbu haykalni tayyorlash bilan bog‘liq sirlarni oshkor etdi.

“Ayni chog‘da O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga atab Moskvada o‘rnatiladigan yodgorlik ustidagi ishlar o‘z yakuniy pallasiga yetib qoldi. Ilgari ma’lum qilganimizdek, ushbu yodgorlik jahonga mashhur britaniyalik haykaltarosh Pol Dey tomonidan yaratilmoqda. Padari buzrukvorim Moskva shahrini iliq xotiralar bilan yod olardilar va shu bois yodgorlik ushbu go‘zal maskanda muhim o‘rin egallashidan xursandman”, deb yozadi Lola Islomovna.

Lola Karimova-Tillyayeva sahifasida nafaqat otasining Moskva shahridagi yodgorligi bilan bog‘liq ma’lumotlarni, balki oila siri sanalgan, xususan Islom Karimov tomonidan Tatyana Karimovaga Moskvadan turib yo‘llangan maktublardagi yozishmalarni ham tilga oladi.

“Bir oz vaqt ilgari oilaviy arxivlarimizni ko‘zdan kechirar ekanman, dadamlar oyimlarga Moskvadan yozgan maktublariga duch keldim. U yerda dadam Moskvaga safarlari haqida gapirar ekanlar, bu go‘zal shaharni ko‘pgina diqqatga sazovor joylarini piyoda aylanib chiqqanlarini so‘zlab berganlar”.


Karimova so‘nggi vaqtlar ijtimoiy tarmoqlar orqali viktorina o‘tkazayotganidan xabaringiz bor. U bu safar ham an’anaga sodiq qolib, ijtimoiy tarmoqdagi foydalanuvchilarga haykaltarosh Pol Dey ijodiga oid savollar bilan yuzlandi. G‘olibga esa mukofot sifatida Apple MacBook Air kompyuteri va’da qilindi.

Savollar:

1-savol: Pol Deyning eng mashhur asarlarini keltirib o‘ting.

2-savol: Pol Dey tomonidan O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlikda qaysi tarixiy me’moriy ansambl aks ettirilgan?

3-savol: Pol Dey tomonidan yaratilgan va London shahrida Britaniya parlamenti yaqinida joylashgan monumental kompozisiya XX asrning birinchi yarmida sodir bo‘lgan qaysi yirik tarixiy voqeaga bag‘ishlangan?

4-savol: Pol Dey 2009 yilda yaratgan yodgorlik Britaniya qirollik oilasining qaysi a’zosi xotirasiga bag‘ishlangan?



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 11641 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Lola Karimova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное