Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Lola Karimova-Tillyayeva xalqaro mukofot bilan taqdirlandi





O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning kenja qizi, O‘zbekistonning YuNYeSKOdagi doimiy vakili, “Sen yolg‘iz emassan” xayriya fondi va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi raisi, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidenti Lola Karimova-Tillyayeva sport sohasini rivojlantirish, ayollar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qo‘shgan hissasi uchun Xalqaro olimpiya qo‘mitasining mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda jamoatchi ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali xabar berdi.
 
“Men Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan “Ayollar va sport” diplomi bilan taqdirlanganimdan nihoyatda xursandman. Ushbu sharafli diplom sport sohasida gender tenglikni ilgari surish borasidagi sa’y-harakatlar uchun taqdim etildi.

Sportni xotin-qizlar orasida ommalashtirish maqsadida
amalga oshirilayotgan ishlarimizga shunday yuqori baho berilgani uchun Xalqaro olimpiya qo‘mitasi va uning prezidenti Tomas Baxga o‘z minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman.

Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlamoq lozimki, bugungi kunda o‘nlab iqtidorli o‘zbekistonlik sportchi ayollar nufuzli xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, O‘zbekiston sportining xalqaro miqiyosidagi nufuzini yanada oshirishga o‘zlarining ulkan hissalarini qo‘shmoqdalar.

Bizning gimnastika federatsiyamiz tomonidan olib borilayotgan sa’y-harakatlar o‘zbek sportining rivojiga xizmat qilib, sportchilarimizning kelajakdagi g‘alabalari uchun zamin yaratishiga ishonaman”, deb yozadi Lola Karimova-Tillyayeva.
 
Lola Karimova-Tillyayeva nafaqat ayollar sporti, balki bolalar sportini rivojlantirishda salmoqli ishlarni amalga oshirmoqda. “Sen yolg‘iz emassan” fondi tomonidan ta’mirlangan maktablar, maktab internetlari, mehribonlik uylarining sport zallarida bolajonlar uchun yaratib berilgan shart-sharoit va imkoniyatlar buning yaqqol dalilidir. 
 


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5485 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Lola Karimova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:01
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное