Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Pazanda - Soundtrack
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Qaqnus - Mal De music
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. Ishq Ertagi - Title sound
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Lola Karimova-Tillyayeva: "Shukronalik hissi bilan uyg‘oning..."

Lola Karimova - Tillyayeva Instagram'dagi shaxsiy sahifasi orqali hayotidagi “oltin qoidalar”ini yozib qoldirdi.
O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili, “Sen yolg‘iz emassan” hayriya jamg‘armasi raisi Lola Karimova - Tillyayeva Instagram'dagi shaxsiy sahifasi orqali hayotidagi “oltin qoidalar”ini yozib qoldirdi.  Lola Karimova-Tillyayeva internet foydalanuvchilari bilan muloqotga kirishar ekan, o‘zining shaxsiy mulohazalari va maslahatlari yana kimningdir hayotida as qotib qolishi mumkinligini alohida ta’kadlab o‘tdi.

“Hayotda menga yaqin bo‘lgan insonlar, dugonalarim ko‘pincha menga maslahat so‘rab murojaat qilishadi. Albatta barchamizning hayotimizda turli xil vaziyatlar sodir bo‘ladi va har bir vaziyatga alohida yondashuv talab qilinadi. Men o‘zim uchun quyidagi muhim umumiy qoidalarni belgilab olganman va ularga hamisha amal qilishga harakat qilaman. Bu maslahatlar menga hayotimda yordam beradi, demakki yana kimgadir foydali bo‘lishi mumkindir.

1. O‘z o‘tmishingizdan rozi bo‘lib, uni borligicha qabul qiling, aks holda u sizning kelajagingizni barbod etishi mumkin.

2. Shoshilmang. Vaqt deyarli barcha narsani davolaydi. Sabr-toqat bu ulug‘ fazilatdir. Sizlarda mavjud bo‘lgan ijobiy hislatlarga hayot bahsh eting va albatta ularning rohatini ko‘rasiz.

3. O‘z hayotingizni o‘zgalarniki bilan solishtirmang. Har bir insonning o‘z taqdir yo‘li bor va unda nimalar sodir bo‘layotganidan siz bexabarsiz.

4. O‘zgalar orqangizdan nimalar gapirishi bilan ishingiz bo‘lmasin. Bunga o‘z kuch-g‘ayratingiz va vaqtingizni sarflamang.

5. Baxtingiz manbai kimdadir yoki nimadadir emas, balki o‘zingizdadir. Shu onda, qalbingizdadir.

6. Shukronalik hissi bilan uyg‘oning va uyquga keting. Barcha ham sizchalik omadli emas”


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 7114 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Lola Karimova-Tillyayeva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Xafiza1990 Чиройли ва шу каторда тугри маслахат!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное