Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SOG'LIK

OITS va OIVga chalingan bolalar mehribonlik uylarida ham bor

“Sen yolg’iz emassan” hayriya fondi raisi Lola Karimova-Tillyayeva OITS va OIVga chalingan bolalar mehribonlik uylarida alohida parvarish qilinayotganini ma’lum qildi.
“Sen yolg’iz emassan” hayriya fondi raisi, O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili Lola Karimova-Tillyayeva facebook.com tarmog‘idagi shaxsiy sahifasi orqali internetdagi foydalanuvchilar bilan muloqotga kirishar ekan, 1 dekabr – Umumjahon OITSga qarshi kurash kuniga e’tiborini qaratib, OITS va OIVga chalingan bolalar va ularning salomatligini tiklash, doimiy ravishda tibbiy ko‘rikda bo‘lishlari uchun yaratib berilgan shart-sharoitlarga to‘xtaldi.

“Bugun 1 dekabr – Umumjahon OITSga qarshi kurash kuni. OIV kasalligi jamiyatning global muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Hozirgi kunda OIVga chalingan insonlar soni dunyo bo‘ylab qariyb 36,9 million kishini tashkil etadi.
Mazkur kasallikka qarshi amalga oshirilayotgan ishlar natijasida oxirgi 15 yil mobaynida OIVga chalinish hollari 35 foizga, ushbu kasallik natijasida o‘lim hollari esa 25 foizga kamaydi.
OIV bilan xastalangan bolalar mamlakatimizning Mehribonlik uylarida ham bor. Ular barcha sog‘lom bolalar bilan birgalikda istiqomat qilib, bolalar muassasalari tarbiyalanuvchilari va xodimlari sog‘lig‘iga hech qanday xavf tug‘dirmaydilar. Ushbu bolalar alohida parvarish va doimiy tibbiy terapiyaga muhtojlar.
“Sen yolg’iz emassan” fondi o‘z faoliyatida mehribonlik uylardagi bolalar va ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar farzandlariga tibbiy yordam ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratadi. Fondning Tibbiy-ijtimoiy bo‘limi muntazam ravishda OIVga chalingan bolalarni tibbiy ko‘rik va zarur muolaja bilan ta’minlaydi hamda bunday bolalarni to‘g‘ri parvarish etishga bag‘ishlangan seminar-treninglarni mehribonlik uylari xodimlari uchun tashkil etib keladi.
Afsuski, OIV tashxisi qo‘yilgan bolalarga nisbatan jamiyatda salbiy munosabat mavjudligi hali ham muammo bo‘lib qolmoqda. OIVga chalingan bolalar ularga nisbatan mavjud bo‘lgan diskriminatsiya hollari tufayli o‘zlarini atrofdagi insonlar tomonidan rad etilgandek his etadilar, buni jamiyatimiz tushunishi lozim.
Bunday bolalar sog‘lom bolalarga maishiy sharoitda hech qanday havf tug‘dirmasligini bilishimiz muhim. Hozirgi kunda OIV infeksiyasini yuqtirish yo‘llari yaxshi o‘rganilgan bo‘lib, maishiy yo‘l bilan boladan bolaga yoki boladan kattaga ushbu kasallik yuqishining biror bir holati dunyo bo‘ylab qayd etilmagan.
Jamiyatning ushbu kasallik yuzasidan to‘liq xabardorligi va OIV bilan xastalangan bolalarga nisbatan barchamizning insonparvarlik tamoyillariga asoslangan holda munosabatda bo‘lishimiz ushbu bolalarga faol hayot kechirishga, bizga esa insoniyligimizni saqlab qolishga yordam beradi”, deydi Lola Karimova-Tillyayeva.

Eslatib o‘tamiz, “Sen yolg’iz emassan” hayriya fondiga 2002 yilda Lola Karimova-Tillyayeva tomonidan asos solingan bo‘lib, jamg‘arma faoliyati ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarga yordam berish, ularni ham ma’nan, ham jismonan komil inson bo‘lib voyaga yetishlariga ko‘maklashish, iqtidorlarini yuzaga chiqarish va qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Qamariddin Shayxov


Категория: SOG'LIK
Просмотров: 4157 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Sen yolg’iz emassan hayriya fondi, OITS, Lola Karimova-Tillyayeva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное