Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. TisMarHan-soundtreck
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Klon-soundtreck
. Qo'rqmas - soundtreck
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Efir Sirlari - Soundtrack
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Ishq Ertagi - Title sound
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Banandan OITS va gepatit B virusi yuqadimi?
Nima bo‘ldi?
Ijtimoiy tarmoqlarda ichida qizil dog‘i bor banan suratlari ilova qilingan “vahimali xabarlar” faol tarqatildi, tarqatilmoqda. Yozishlaricha, bunday “bananlarning ichi qon bilan to‘la”, “shunday bananlar tufayli bir necha bolaning ichi buzilib, kasalxonaga keltirilgan”. “Banan sotib olmang!”, — deb qat’iy ogohlantirayotgan xabar mualliflarining ta’kidlashicha, bunday bananlar OITS va gepatit B viruslarini tashiydi.


Rostdan ham banan orqali OITS va gepatit B yuqishi mumkinmi?
Yo‘q. OITS va gepatit B faqat qon orqali yuqadi. O‘zbekiston Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bosh vrachi o‘rinbosari Nuriddin Toshboyevning “Darakchi” gazetasiga ma’lum qilishicha, “ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, mazkur kasalliklarning banandan yuqishi borasidagi fikrlar asossiz”. Sababi, infeksiyaning yuqishi uchun sharoit bo‘lishi kerak — banan va boshqa meva gepatit B yoki OITS kasalliklarining qo‘zg‘atuvchilari bilan zararlantirilgan holda ham, u yerda virus rivojlanadigan muhit yo‘qligi sabab nobud bo‘ladi.
O‘zbekistonda bo‘lmasa ham, boshqa biror joyda kimdir shu kasalliklarni banan orqali yuqtirgandir balki?
Odamlar banandan OITSni yuqtirib olishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar yaqin xorij mamlakatlarida deyarli har yili paydo bo‘ladi. Masalan, 2014-yili Qozog‘istonda OITS nafaqat banandan, balki apelsindan ham yuqishi haqida gap-so‘zlar tarqatilgan, 2015-yili Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi aholi orasida vahimani bosish uchun banan orqali OIV yuqishi imkoni yo‘qligi haqida bayonot bergan, mish-mishlar Chechenistongacha yetib borgan. Uning kelib chiqish tarixi esa Buyuk Britaniyaga borib taqalishi haqida bu yerda o‘qishingiz mumkin.
O‘zi meva-cheva orqali biror kasallik yuqadimi?
Ha, yuqishi mumkin. Masalan, mevalarni yuvmasdan iste’mol qilganda yuqumli ichak kasalliklarining qator turlari bilan zararlanish mumkin. Ayniqsa, ifloslangan suv orqali gepatitning A turi yuqishi ehtimoli mavjud.


Manba:daryo.uz
Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 6916 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yuqadimi?, OITS, gepatit B virusi, Banan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
sardor94941 Bunday vohimachilar owirib yuboriwadi >(
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:09
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное