Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Yana banan bilan bog‘liq mojarolar: Banan plantatsiyalari yo‘q qilinmoqda.

Niderlandiya, Malayziya, Indoneziya kabi yana bir qator banan yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi davlatlardagi banan plantatsiyalarining deyarli barchasi Tropical Race 4 (TR 4) zamburug‘li virusi tufayli yo‘q bo‘lib ketdi, bu haqda “Supertastyrecipes.com” nashrida shoshilinch xabar chop etildi.

Niderlandiyaliklar bu virus yaqin orada Lotin Amerikasidagi banan plantatsiyalari, shuningdek, dunyoning turli chekkalaridagi banan yetishtiriladigan hududlarga ham tarqalishin aytishmoqda. Albatta, bunga asosli sabab bor. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1800 yillarda ham aynan mana shunday zamburug‘li virus tarqalgan va Avstraliya, Kosta-Rika, Panama kabi davlatlardagi bor banan plantatsiyalarini yo‘q qilib yuborilgan va tarixda qishloq ho‘jaligidagi eng kata halokat deb tan olingan. Ushbu zamburug‘ o‘simlikning tanasida paydo bo‘ladi. Oz futsatdan so‘ng o‘simlik so‘lib, quriydi va nobud bo‘ladi. Uning mevalari garchi zamburug‘ ularga yetib bormagan holda uzib olingan bo‘lsada, ichidan irib yemirila boshlaydi. Aytish kerakki, bunday bananni iste’mol qilgan kishining holi nima kechishini o‘ylashning o‘zi qo‘rqinchli. Chunki amaldagi bananni yemiruvchi zamburug‘li virusga qarshi 1800 yilda ham, bugun ham hech bir davo chorasi topilmagan.

Tropical Race 4 (TR 4) nomi 1900 yillarda Panamada, Kubaning ba’zi hududlarida paydo bo‘lgan xavfli virusdir. Aytish kerakki, u o‘tgan yillar davomida ham mavjud edi, biroq xavfi katta bo‘lmagan. Ya’ni virus ba’zi davlatlardagi plantatsiyalardagina paydo bo‘lgan xolos.

Niderlandiyaning Vageningen universiteti qoshidagi ilmiy-tadqiqot marakazi eksperti Gert Kema va boshqa mutaxassilarning fikrlariga ko‘ra, ayni kunlarda banan plantatsiyalarini yo‘q qilayotgan virus aynan Tropical Race 4 (TR 4) zamburug‘ining analogidir. O‘shanda hosili bilan nobud bo‘lgan daraxt ko‘chatlari tufayli mamlakat bir yillik emas, bir necha yillik hosilidan, daromaddan ayrilgandi. Chunki zamburug‘ni yo‘q qilish va yerni “o‘ziga keltirish” uchun bir necha yillik katta mehnatni amalga oshirish ehtiyoji tug‘iladi.

Gert Kema aynan TR 4 zamburug‘li virusini tadqiq qiluvchi olimlardan biri sifatida u haqda to‘liq ma’lumotga ega. “Biz TR 4 avval Indoneziyada paydo bo‘lgani, so‘ng Tayvanda, Xitoyda, ulardan keyin Janubi-sharqiy Osiyoning ayrim hududlarida tarqaganini bilamiz. Hozir esa u Pokiston, Livan, Iordaniya, Ummon, Mozambik, Avstraliyaning Kvislend shimoli-sharqidagi plantatsiyalarni payhon qilmoqda”, – deydi Gert.

Tadqiqotchilar TR 4 qisqa nomi bilan yuritilayotgan ushbu zamburug‘li virus hozirgacha 100.000 gektar maydondagi plantatsiyani yo‘q qilganini aytishmoqda. Virus boshqa mamlakatlarga ham tez va oson tarqalishi mumkin. U zamburug‘ bilan zararlangan materiallar, o‘simliklar, o‘simlik urug‘lari, mashina, asbob-uskunalar, virus mavjud bo‘lgan joylarda yurilgan oyoq kiyimi, antisanitariya holatlari tufayli boshqa plantatsiyalarga “yo‘lni osongina topadi”.

Bir necha yillik yo‘qotishdlardan so‘ng olimlar viruslarga chidamli Kavendish nomli banan turini yetishtirishdi. U bir muddat virusga qarshilik bildira oldi, ammo TR 4 shu qadar tezlik bilan rivojlanishni boshladiki, hatto, Kavendish ham bunga bardosh bera olmadi. Albatta, bu juda achinarli holat. Ayni vaqtda TR 4 jahon miqyosidagi banan ustidan amalga oshiriladigan 11 milliard AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ni yo‘qqa chiqarishi mumkin.

Banan foydali va beqiyos ta’mga ega bo‘lgan mevalardan biri sanaladi. Uni butun dunyoda sevib iste’mol qilishadi. Afsuski, 216 yil avval boshlangan, 116 yil avval takrorlangan va mana bugun dunyo plantatsiyalarida tarqalgan TR 4 zamburug‘li virusiga qarshi biror davo chorasi topilishiga umid qilishdan o‘zga chora yo‘q. Quvonarli tomoni Tropical Race 4 zamburug‘ining banandan boshqa tropik va tropik bo‘lmagan mevalarga ham yuqishi mumkinligi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Shuning uchun uning bizning mamlakatimizga yetib kelishi mumkinligi borasidagi gumonlar noo‘rin.

Aytish lozimki, hozirda qishloq ho‘jaligidagi katta yo‘qotishlarning oldini olish maqsadida olimlar TR 4 virusiga qarshi zararsizlantirish chorasini topish uchun harakat qilishmoqda. 


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 4453 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Banan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное