Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Ayol Qalbi - True Love
. Choli Qushi-soundtreck
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Qirolicha - Stakan Version
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Kuz ertagi-soundtreck
. Tabib-Nadin kal kai (soundtreck koreya)
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Hovli turk serialiga Tomoshabin e’tirozi


Bugun O‘zbekistonda turk serial va filmlari kirib bormagan telekanallar qolmadi. Ayrim telekanallar esa Turkiyadagi TVlarning o‘zbekcha analogiga aylandi, qoldi. Ularning ko‘plarida g‘arbga bo‘lgan havasni, milliy mentalitetni mensimaslikni ko‘rish mumkin. Seriallarning ko‘plari esa yoshlar tarbiyasiga juda salbiy ta’sir ko‘rsatishi ko‘p bor ta’kidlanmoqda.

“Zo‘r” telekanali mamlakatda eng ko‘p tomoshabinga ega telekanallardan biri sanaladi. Unda namoyish etilayotgan turk seriallari doimiy tanqidlarga sabab bo‘lib kelgan. Yaqinda tomoshabinlardan biri “Zo‘r” telekanaliga qo‘ng‘iroq qilib, unda namoyish etilayotgan “Hovli” seriali bo‘yicha o‘z e’tirozlarini bildirgan. Uning ma’lum qilishicha, serial nafaqat yoshlar, balki bolalar tarbiyasiga ham juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatib, ularni izdan chiqaradi. Tarbiyasini buzadi.

Murojaatchi telekanal xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan suhbatni yozib olgan. Ushbu suhbatni yuqoridagi slayder orqali tinglashingiz mumkin.

U o‘z murojaatida qiz farzandi borligi va u qamoqxonadagi ayollarning turmushini ko‘rib, birovning eriga jazman bo‘lib yurayotgani tasvirlangan seriallardan ibrat olib ulg‘ayishini istamasligini aytadi. “Nima uchun millat mentalitetini turklarga sotyapsizlar”, deb iddao qiladi.

O‘zini Elmurod Soliev dbe tanishtirgan tomoshabin bugun turk seriallariga qarshi ijtimoiy tarmoqlarda kampaniya boshlasa, kamida 6-7 million odam unga ergashishini aytib, serialni namoyishdan to‘xtatishni talab qiladi.

Ma’lumot o‘rnida, bungacha “Zo‘r” telekanalida namoyish etilgan “Sevgi iztirobi” seriali ham juda katta tanqidlarga sabab bo‘lib, hatto, Hukumat darajasida muhokama qilingandi. Bosh vazir Abdulla Aripovning ko‘rsatmasiga binoan ushbu serial namoyish to‘xtatildi.

“Zo‘r” telekanali orqali efirga uzatilgan va ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘lgan navbatdagi serial esa “Gullar iztirobi” bo‘lgandi. Bu haqda avvalroq QALAMPIR.UZ’da ham tanqidiy maqola e’lon qilingan edi. Ammo, serial namoyishdan olib tashlangani yo‘q. Aksincha, serial ortidan telekanalning tomoshabinlari soni ortdi.


VIDEONI KO'RISH


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 9833 | Комментарии: 12 | Рейтинг: 1| Рейтинг: iste’mol qilish, foydali, Banan, har kuni
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 12
аватар отсутствует Hey yoqmasa kormangla hop zor tv telikonoliga iltimos qilamiz hovli seriolini qoyishlarini bitta odam dep butun xalq kormasligi kerakmi
Like | 0
аватар отсутствует Toxtatilmasin tarbiya yoki mentalitet bitta serialdan uzgarib qoladigan narsa emas oiladagi tarbiyaga boģliq hammasi kop seriallar shu tarzda oxiriga yetmay tuxtatilyapti hamma bir xil fikrlamaydi. Serial tuxtatilib quyilgani bilan kerak bolsa disklarini ham sotib olib kurishyapti. Nimaga bu serialni qöyishlaringizni talab qilganlarni fikrlari inobatga olinmay qöymaslikni talab qilayotganlarni fikriga qaralyapti.
Like | 0
аватар отсутствует Yoqmasa kormela bza koruramz. Bowqa gap yo sla. Ozilani eplomi kinoni ayblamelade
Like | 0
аватар отсутствует Kinoni zor iwlagan bolela yaxwi tarbiya bersela Kino korib ozgarb qomidyu ayb oziladamasmi mobodo. Yow bolela bosa umuman tilivizr korsatmela ja yoqmyapkan bosa.kimdrga yoqadi kmdrga yoqmidi yoqsa korila yoqmasa futbol korila slani db bita kinoni oxirgaca koromimzmi
Like | 0
аватар отсутствует Bu serialni tohtatib qoyish kerakmas. Bu serialda tabiya kop buni serialni korgan insonda qammoqqa tushmaslik va ogirlik qilmaslik fikri tuguladi. Bunda xech qanaqa uyatsiz yoki bexayo saxnalari yoq. Ozi asli osha fargonalik bolani jazolash kerak davlat mintelitetini sotyapsizlar degani uchun. Bu serial davom etsin.
Like | 0
Асад пишет: | 09.02.2019 | 02:57 ( E-mail ) #7 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует Екмаганлар курмасин диган киз сан молмисан еки молмисан? Бетта гап екиш екмаслидамас тарбия менталитет хакида кетяпти мол.
Like | 0
Руслан Шодиев пишет: | 09.02.2019 | 00:13 ( E-mail ) #6 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует Э  курсатма болларинга 16+ деб куйипти сандака файласуфлар купайиб кетида жа зерикивотган бусанг бор ишла
Like | 0
Sardorbek пишет: | 08.02.2019 | 22:00 ( E-mail ) #5 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует Yoqmasa ko‘rma
Like | 0
аватар отсутствует 16+ db yozib qo‘yilgan. Rostdan.
Like | 0
sharifzoda пишет: | 08.02.2019 | 15:58 ( E-mail ) #3 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует "hovli" menimcha sevgi istirobi kabi emasss. biz unda kurib turibmiz insoniyatni naqadar irodali ekanini
Like | 0
аватар отсутствует Yoqmaganla ko'rmasin xich Kim broni majburlab ko'rgn dmidi.
Like | 0
Bobur7447 16 + deb yozib qoyilgan serialda.Yosh bollarga korsatma tarbiyasini buzsa
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное