Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Sut foydaliroqmi yoki meva-sabzavotlar?

Salomatlik mavzusidagi o‘nlab kitoblar muallifi, tibbiyot jurnalisti Maykl Kastelmanning fikricha, sut tarkibidagi kalsiy moddasining suyaklarni mustahkamlashga aloqasi yo‘q ekan, deb yozmoqda xabardor.uz

Mayklning aytishicha, u ko‘p yillardan buyon suyak tizimi salomatligi masalalari bilan shug‘ullanadi va navbatdagi kitobini yozish uchun ushbu sohadagi 1200 dan ortiq tadqiqotlarni o‘rgangan. Uning ta’kidlashicha, kalsiy suyak tizimi uchun zarur bo‘lgan yagona unsur emas. Bunday unsurlarning soni 17 ta. Kalsiy suyak va tishlarimiz salomatligi uchun muhim bo‘lgan o‘sha 17 ta unsurning biri xolos. 
Uning so‘zlariga ko‘ra, organizmimizga kalsiyni hech qaysi modda meva va sabzavotlarchalik yetkazib bera olmaydi. Yuqoridagi 17 ta unsurning barchasi o‘simliklar: yashil barglilar, ildizmevalar, meva va rezavorlar, dukkakli va boshoqli ekinlarda mujassam. 

Kastelmanning ta’kidlashicha, aynan sut va go‘sht mahsulotlari kalsiy yetishmovchiligiga sabab bo‘ladi: ular tarkibidagi aminokislotalar organizmdagi kislota miqdorini oshiradi. Kislotani me’yoriga keltirish uchun esa organizmimiz tanamizdagi kalsiydan foydalanadi, natijada kalsiy miqdori kamayib ketadi.


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 6194 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: meva-sabzavotlar, foydali, Salomatlik, Sut
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
samiya Tushunarliii
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:57
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное