Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Jumong-soundtreck
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Tanho malagim - Soundtreck
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Efir Sirlari - Piano Version
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

O‘tirib Ishlaydiganlarga Foydali 5 mashg‘ulot

Uzoq o‘tirib ishlash
— organizmda qon aylanishi buzadigan asosiy omillardan biri. Agar, vaqtingizning asosiy qismini kompyuter qarshisida ishlab o‘tkazsangiz, har kunlik odatiy mashg‘ulotlaringizni ko‘zdan kechirish fursati keldi.
Har kuni o‘zingiz uchun hech bo‘lmasa 30 daqiqa vaqt ajrating va quyidagi mashg‘ulotlardan bittasi bilan bo‘lsa ham shug‘ullaning:
1.  Piyoda yurish  
Kun davomida imkon qadar ko‘proq piyoda yurishga intiling. Agar biroz sayr qilish imkoni tug‘ilsa, undan unumli foydalaning. Avtobus bekatida transportni kutib o‘tirmang, uch-to‘rt bekatni piyoda yurib o‘tkazing. 
Liftdan umuman foydalanmang, zinapoyadan piyoda yurib, tepaga ko‘tariling. Piyoda yurish qo‘l va bel mushaklarini mustahkamlaydi.
2.  Velosiped haydang
Velosipedda sayr qilish qon aylanishini yaxshilaydi. Bu mashg‘ulot ayniqsa, varikozga chalinganlarga ham foydali. Velosiped pedalini aylantirganingizda qon barcha qon tomirlar bo‘ylab aylanadi. U hech qaerda turib qolmaydi. Bir maromdagi harakat esa qon-tomirlarga og‘irlik tushirmay, ularning faoliyatini yaxshilaydi.
3.Suzish
 Agar sizda varikozga moyillik bo‘lsa, u holda ko‘p kuch talab etiladigan va aerobika mashg‘ulotlariga ehtiyotkorlik bilan qatnashing. Kuch talab etiladigan mashg‘ulotlar vaziyatni chigallashtirishi mumkin. Suvda suzish esa bunday xavfni yuzaga keltirmaydi. 
Suzish shunisi bilan foydaliki, unda organizm gorizontal holatda bo‘ladi, oyoqlarga og‘irlik tushmaydi va qon aylanishi yaxshilanadi. Agar suzishning o‘zi sizga zerikarli tuyulayotgan bo‘lsa, unda akvaaerobika bilan shug‘ullaning. Bu sport turi sizga mushaklarni mustahkamlashga, qaddi-qomatni tiklashga va ortiqcha vazndan qutilishga yordam beradi. 
4.Yoga
Uzoq o‘tirib ishlaydiganlarda qon aylanishi buzilishi ko‘p uchraydi. Oyoq to‘qimalari esa yetarlicha kislorod qabul qila olmaydi. Yoga bilan shug‘ullanish esa qon tomirlar dam olishiga zamin yaratadi. U bilan shug‘ullanganda qon yaxshi yurishadi. 
5.Ertalabki va kechki jismoniy mashqlar
Oyoqlaringizga utshadigan og‘irlikni biroz bo‘lsa-da yengillashtirish uchun kuningizni yengil jismoniy mashqlar bilan boshlab, ular bilan yakunlang.
Uy sharoitida bajarish mumkin bo‘lgan bir nechta yengil jismoniy mashqlarni sanab o‘tamiz:
“Velosiped” mashqi. Yotgan holda oyoqlaringizni ko‘taring va xuddi velosiped haydayotgandek oyoqlaringizni harakatlantiring. Umurtqa pog‘onasi tekis joylashganiga e’tibor bering. Bu mashqni 2-3 daqiqa davomida bajaring.
“Qaychi” mashqi. Vertikal va gorizontal holatdagi mashqlar. Yotgan holda oyoqlarni ko‘tarib vertikal va gorizontal yo‘nalishda qog‘ozni qirqayotgandek harakat qiling.


Manba:kun.uz
Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 4274 | Рейтинг: 1| Рейтинг: o‘tirib ishlash, 5 mashg‘ulot, foydali, uzoq
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:10
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное