Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Mash’um “Titanik” fojiasi yuz berganiga 104 yil bo‘ldi

“Titanik” yo‘lovchilar laynerining falokatga uchrashi dunyodagi eng katta dengiz halokatlaridan biri bo‘lgan. Fojia oqibatida 2229 yo‘lovchi va ekipaj a’zolaridan 1517 nafari halok bo‘lgan. Omon qolgan 712 yo‘lovchini “Karpatiya” qutqaruv kemasi yig‘ib kelgan.
Bu mash’um halokat ijtimoiy adolatsizlikka nisbatan munosabatlarni o‘zgartirdi, Atlantika okeanida yo‘lovchi tashish huquqlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi, kema bortida qutqaruv qayiqlarini yetarlicha miqdorda bo‘lishiga qo‘yilgan talabni yanada kuchaytirdi hamda Xalqaro muz xizmatining yaratilishishga sabab bo‘ldi.
2016 yilning 14 aprel sanasida tarixdagi eng mashhur kemalardan biriga aylangan “Titanik”ning suvga g‘arq bo‘lganiga 104 yil bo‘ldi. Mazkur fojia asosida bir qancha kitob va filmlar yaratilgan, ko‘rgazma va yodgorliklar tashkil etilgan.
“Titanik” 1912 yilning 10 aprelida Sautgempton (Angliya)dan o‘zining birinchi va oxirgi reysini amalga oshirgan. Nyu-York tomon suzish chog‘ida “Titanik” Sherbur (Fransiya) va Kvinstaun (Irlandiya)ga kirib o‘tadi. To‘rt kundan so‘ng, 1912 yilning 14 aprel kuni yo‘lda mahalliy vaqt bilan soat 23:40da kema aysberg bilan to‘qnashib ketadi. 
Soat 2:20da “Titanik” ikki qismga bo‘linib ketadi va suv tubiga g‘arq bo‘ladi. U vaqtda kema borti ichida mingga yaqin inson bo‘lgan. Muzdek suvda qolgan kishilar gipertomiyadan halok bo‘lishgan.
Kemada o‘sha davrning eng badavlat kishilari jam bo‘lgan edi: millioner Jon Jeykob Astor, Benjamin Gugenxaym va Isidor Shtraus, shuningdek, mingdan ortiq Irlandiya, Skandinaviya va boshqa mamlakatlarning muhojirlari Amerikada yangi hayot boshlash uchun kemaga chiqishgan.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 5020 | Рейтинг: 1| Рейтинг: TITANIK
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:46
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное