Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Mast hind ustidan asfalt yotqizib yuborildi

Hindistonda mast holda yo‘ldagi cho‘nqir ichida yotgan erkakning ustidan asfalt yotqizib yuborildi, deb xabar bermoqda The Times of India nashri. Voqea Madxya-Pradesh shtatida yuz berdi.
45 yoshli Latori Barman rafiqasi bilan bozorga borgan. Uning rafiqasi ota-onasining uyida qolmoqchi bo‘lgan, Barman esa o‘zining Kxadra nomli qishlog‘iga qaytib ketgan. Yo‘lda u spirtli ichimliklar sotadigan do‘konga kirib, spirtli ichimlik iste’mol qilgan. Sarxush Barman ta’mirlash ishlari olib borilayotgan yo‘ldan o‘tayotib cho‘nqirga tushib ketgan va u yerda uxlab qolgan. Yo‘lda esa ta’mirlash ishlari ketayotgani haqida hech qanday belgilar ham bo‘lmagan.
Ertalab ishga qaytib kelgan ishchilar Barmanni sezmay qolib, uning ustidan erib turgan qaynoq bitumni quyib, ta’mirlangan joyni samosval bilan tekislab yuborishgan. Mahalliy aholi asfaltdan chiqib turgan qo‘lni ko‘rib, qiy-chuv ko‘targan.
Barmanning tanasi chiqarib olingandan keyin mahalliy aholi ko‘chani to‘sib, aybdorlarni jazolashni talab qilishdi. Norozi aholi polisiya ko‘chani ta’mirlagan kompaniya vakillarini javobgarlikka tortishga va’da bergandan keyingina tarqagan. 

Cho‘nqirlarni to‘ldirishga javob bergan samosval haydovchisi va ishchi hibsga olindilar va ularga inson o‘limiga olib kelgan mas’uliyatsizlik aybi qo‘yildi. Ta’mirlash kompaniyasi rahbariyati Barmanning yaqinlariga tavon sifatida 50 ming rupiy (760 dollardan sal ko‘proq) to‘lashga va’da berdi.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 8733 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: asfalt, yotqizib, yuborildi, ustidan, Mast, HIND
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
diyar347 MODERATOR mani izoxlarim nega ko'rsatilmayapti, hech qaysi temadagisi kursatilmayapti :o
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное