Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

“Matritsa 4”: Qahramonlardan qaysi biri yangi filmga qaytmasligi ma’lum bo‘ldi

“Matritsa” filmining davomi qanday bo‘lishi haqida ko‘p narsa ma’lum emas. Kimdir unda qahramonlarning yangi avlodi tanishtiriladi deb o‘ylasa, yana kimlardir film syujeti avvalgidek bo‘lishini taxmin qilmoqda. Filmning to‘rtinchi qismi premyerasi Rossiyada, 2021-yilning 21-mayida taqdim qilinishi haqida ma’lum qilingan edi. Filmning yangi qismiga Neo, Triniti, Merovingen, Niobe kabi personajlar qaytishi aniq, ammo Morfeus kabilarning filmda qolishi noma’lum. Ya’ni, balki biz yangi aktyorlar ijrosi bilan tanisharmiz. Demak, o‘zgarishi kutilayotgan aktyorlar jamoasi bilan tanishamiz...

Pifiya
Ushbu personaj “Matritsa”ning uchala qismida ham ishtirok etgan. U nafaqat “tanlangan” inson haqida bashorat qilishi uchun, balki inson ruhiyatini o‘rganishi uchun kerakli dastur ekanligi ma’lum bo‘ldi. Aynan shu narsa Matritsa ishi va uning mavjud bo‘lishi uchun muhim sanalgan. Filmning to‘rtinchi qismini bu qahramonsiz tasavvur qilish qiyin bo‘lishi mumkin. Qolaversa, Pifiyani ijro etgan Meri Elis filmning keyingi qismlarida ishtirok etishini tasdiqlamagan. Pifiyani gavdalantirgan aktrisalar bir necha bor o‘zgarganligini hisobga olgan holda yangi “Matritsa”da boshqa aktrisani ko‘rish ehtimoli yuqori.

Seraf
Pifiya qaytib kelsa u bilan birga uning tan soqchisi Seraf ham qaytishi mumkin. Ammo Seraf rolini ijro etgan Kollin Chou yangi film aktyorlari ro‘yxatida ko‘rsatilmagan. Balki bu safar Pifiyaning himoyachisi o‘zgarar?   

Arxitektor
Agar Pifiya “Matritsa 4”da ko‘rinmasa, demak Arxitektor ham bo‘lmaydi. Chunki butun film iroda kuchiga qarshilik qilish va oldindan belgilash g‘oyalariga asoslanadi. Bu qismda Arxitektor yangicha qiyofada chiqishi ham mumkin.  

Morfeus
Filmning davomida Lourens Fishbornning tasvirga tushishi yoki tushmasligi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. U filmga umuman qaytmasligi ham mumkin.  “Matritsa 4”ning aktyorlar ro‘yxatida Yaxya Abdul-Matin II’ning qaysi rol ijro etishi ko‘rsatilmagan edi. Balki, Morfeusni u ijro etar?

Shuningdek...
Yangi “Matritsa 4”da Sati obrazini ulg‘aygan ko‘rinishda, “Prizrak”ning umuman ishtirok etmasligi, Persefona rolida esa Monika Belluchchini emas boshqasini ko‘rishingiz mumkin.  
 


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 3486 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Qahramonlar, Matritsa
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:02
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное