Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Maykl Jeksonning 17 yoshli qizi turmushga chiqmoqchi

Afsonaviy “pop qirol” Maykl Jeksonning 17 yoshli qizi Peris Jekson 18 yoshli futbolchi Chet Kastello bilan turmush qurmoqchi.
O‘tgan dam olish kunlari juftlikning Los-Anjelesda sayr qilib yurgan onlari fotosuratchilar ob’ektiviga muhrlandi.
Perisning nomsiz barmog‘idagi sirli uzuk fotosuratchilarning e’tiborini tortdi. Qiz qolgan boshqa turli bilakuzuklar, uzuklar bilan bu romantik uzukdan e’tiborni chalg‘itishga uringan, biroq buning uddasidan chiqa olmadi.
Agar yoshlar haqiqatda nikoh qurishga ahd qilishgan bo‘lsa, unda ular Perisning amakisi, pop-qirolning akasi Jermen Jeksonning fotihasini olishlari kerak bo‘ladi. Jermen Jeksonning o‘zi jiyanining nikohiga izoh berishdan bosh tortdi, biroq jiyanining bunday yoshda ishqiy munosabatlar o‘rnatishiga qarshimasligini, “sevgi yosh tanlamasligini” aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda dunyo bo‘ylab nojo‘ya xabar tarqab o‘tgan edi. G‘arb OAVlarida Maykl Jekson Perisning otasi emasligi haqida mish-mishlar paydo bo‘lgan edi. Bundan xabar topgan Peris o‘zining joniga qasd qilmoqchi ham bo‘lgan.
 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 7057 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Maykl Jekson, 17 yosh, qizi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Guli пишет: | 21.05.2015 | 14:29 #1 Страница с комментарием
guli101192 Mmm boladi baxitli bolsin
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:00
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное