Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Gulnora Karimovaning qizi xolasi bilan Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi


Avvalroq, bugun, 31 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oqsaroy qarorgohi xiyobonida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning siymosi aks ettirilgan haykalning ochilish marosimi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik. Mazkur marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev, Birinchi Prezident Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova hamda Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillyayeva ham ishtirok etdi.

Haykaltarosh Ilhom Jabborov tomonidan ishlangan haykal ochilgach, Lola Karimova-Tillyayeva opasi Gulnora Karimovaning qizi – Imon Karimova bilan birgalikda yodgorlik poyiga gul qo‘yib, Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

Haykalning ochilish marosimida Tatyana Karimova so‘zga chiqib, nutq so‘zladi. So‘zi yakunida u Prezident Shavkat Mirziyoevga alohida minnatdorlik izhor etdi.

Durdona Rasulova



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 16136 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Gulnora Karimova, haykali, Islom Karimov, poyiga gul qo‘ydi, xolasi, qizi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:55
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное