Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

"Million" guruhi sahnaga qaytmoqda

Bir necha yillar muqaddam o‘z ko‘ngilochar tomoshalari bilan muxlislar e’tiborini qozongan "Million" guruhi yana katta sahnaga qaytmoqda.
Jamoa yetakchilaridan biri Davron Kabulov o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali bu haqda ma’lum qilgan. 
"Kutganmidingiz? Biz kelyapmiz. Sinov berganiga, yechimi bilan berganiga Allohga behisob shukr!", deyiladi uning Instagramdagi sahifasida.
Ilova qilingan suratda 15-18 sentabr kunlarida "Istiqlol" san’at saroyida guruhning konserti bo‘lib o‘tishi ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, «Million» jamoasi so‘nggi bor 2014 yil aprel oyida konsert bergan edi. Oradan bir necha oy o‘tib, konsert videodisklari chiqqanidan so‘ng, guruh sahnaga olib chiqqan ko‘plab hazillar jamoatchilik tomonidan keskin tanqidga uchradi.
Keyinroq, 2014 yil sentyabrida esa «Million» qiziqchilar jamoasining konsert-tomosha faoliyati uchun berilgan lisenziyasi «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi tomonidan tugatilgan edi.


Manba:kun.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 18136 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Million
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
charos "MILLION" jamoasi eng zøri :(
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:07
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное