Nilufar Usmonova - Kel ... Nilufar Usmonova - Kel ...
Sardor Rahimxon - Madin... Sardor Rahimxon - Madin...
Sardor Mamadaliyev - Ar... Sardor Mamadaliyev - Ar...
Asilbek Amanulloh - Jan... Asilbek Amanulloh - Jan...
Bahriddin Zuhriddinov -... Bahriddin Zuhriddinov -...
Bexruz Tohirov - Yolg'z... Bexruz Tohirov - Yolg'z...


Меню
Поиск
Реклама
Фотоалбом
Сундтреки
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Alisher Uzoqov - Sevgi farishtasi [soundtreck]
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Qaxvaxona - soundtreck
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Ayol Qalbi - True Love
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Qaqnus - Mal De music
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Osiyo-Soundtreck
. Qirolicha - Stakan Version
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Reportaj: “Million” ikki soat kuldirib, bir soniyada yig‘latdi






Bugun qiziqchilik san’ati haqida so‘z ketganda, uni bundan 10-20 yil avvalgi qiziqchilik maktabi bilan solishtirish amri mahol. Bir vaqtlar kulgi san’atida yakkaxon ijroga bo‘lgan e’tibor ortgan bo‘lsa, hozirga kelib jamoaviy chiqishlarga qiziqish katta. Bunda oliy o‘quv yurtlari talabalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan QVZ shoularining o‘rni beqiyos. Bugun QVZdan chiqqan jamoalar allaqachon kulgi san’atida o‘z o‘rnini topishga ulgurgan. Bunga misol tariqasida “Million” va “Dizayn” jamoalarini keltirish mumkin. Gap ularning nima aytib kuldirayotganida emas, aksincha, kuldirolayotganida ketyapti. Albatta, kamchiliklar, tanqidga olishga arzigulik jihatlar talaygina.
 
“Million” jamoasi bu yil ikki yarim yillik tanaffusdan so‘ng, umumiy hisobda uchinchi konsert dasturini taqdim etayotgani haqida xabar bergan edik. 14-21 sentabr kunlari, yetti kun davomida “Million” jamoasi “Istiqlol” san’at saroyida 9 seansli konsert dasturini taqdim etdi. Xabaringiz bor, konsert kunlari avvaliga to‘rt kun, deb e’lon qilingan edi. Talablarga binoan yana uch kun qo‘shildi. Shanba va yakshbanba kuni ikki seansda konsert qo‘yildi. Kulgi san’atida so‘nggi yillarda ilk bor ro‘y berayotgan bu holat “Million” jamoasiga bo‘lgan katta qiziqish va muxlislar sog‘inchidan dalolat.
 


OAVlar qatorida “Qalampir.uz” sayti ham konsert dasturini yoritishga taklif etilgan edi. Reportajni dasturning ilk kunlaridan emas, balki so‘nggisidan tayyorlashga qaror qildik. Buning sababi juda oddiy. Ko‘pgina xonandalar yoki qiziqchilar konsertning so‘nggi kunlarida o‘zlarini juda bamaylixotir tutishadi, oxirgi kunga e’tibor u qadar katta bo‘lmaydi. Hayojon va mas’uliyat hissi ham hamin qadar, albatta. Biroq “Million”ning konsertida buni payqamadik. Yigitlar o‘z ishiga katta mas’uliyat bilan yondashgani, yillar davomida ancha tajriba to‘plagani va albatta, xatolar, tanqidlardan to‘g‘ri xulosa chiqargani ko‘rinib turibdi.
 





“Million” jamoasi bu yilgi konsert dasturini televideniye va radiolar orqali reklama qilmadi. Shahar ko‘chalarida esa afishalarga ham ko‘zimiz tushmadi. Biroq tomosha zali odamlar bilan to‘la bo‘ldi, chipta xarid qilishga ulgurmaganlar ham topildi. “Istiqlol” san’at saroyi yaqinidagi “qora bozor”ning esa ishi baroridan keldi. Konsert chiptalari kassada 15 000 so‘mdan 80 000 so‘mgacha  bo‘lgan edi. “Qo‘l”da esa bu narx ikki baravarga oshdi.
 
Jamoaning bu yil sahnaga olib chiqqan hazillari o‘tgan yillardan butkul bo‘lmasada, biroz farq qiladi. Futbol, hayotimizdagi kamchilik va muammolarga kam e’tibor qaratildi. Og‘zi kuygan qatiqni ham puflab ichadi, deganlaridek jamoa muammolarni gapirishdan yiroq turdi. Hazillarning ko‘pida yoshlarga oid mavzular, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan videolar haqida so‘z bordi. Bu videolarni ko‘rmaganlar uchun ayrim chiqishlar tushunarsizligicha qoldi. Jamoa bir necha marta san’atkorlar mavzusiga murojaat qildi. Bu sinalgan usul. Ayni mavzuda gapirishga gap, aytishga so‘z, kulgiga sabab bo‘ladigan voqea hamisha topiladi. Ayniqsa, “Nihol” mukofoti sovrindori xonanda Kaniza ishtirokidagi chiqish tinimsiz qarsaklarga sabab bo‘ldi. Jamoa xalqning dilidagi gaplarni hazil yo‘li bilan Kanizaga shu qadar professional darajada yetkazdiki, bu gaplardan so‘ng, Kaniza san’atdagi faoliyatini to‘xtamasa bo‘lgani.



 
To‘g‘ri, konsertda oila davrasida eshitib bo‘lmaydigan hazillar ham bo‘ldi. Jamoa xalqning, ayniqsa, yoshlarning yuziga ko‘zgu tutdi. Hayotimizdagi real voqealarni, achchiq haqiqatlarni sahnaga olib chiqdi. Balki buni ma’naviyatsizlik, kuldirish uchun hayoni chetga surib qo‘yish bilan o‘lchaydiganlar ham topilar... Biroq “Million” har bir chiqish so‘nggida namoyish etilgan hazillar borasida kishini mushohadaga undaydigan fikrlar bilan tomoshabinlarni o‘ylantirib qo‘ydi. Ular haqiqatan ham tomoshabinning yuziga oyna tutishga, sahnada ko‘rsatilayotgan holatlar har bir inson hayotida uchrab turishi mumkinligini tushuntirishga va bundan o‘z vaqtida to‘g‘ri xulosa chiqarish kerakligini aytishga urinishdi. Va buning uddasidan chiqishdi ham.
 
O‘tgan yillarda “Million”ning konsert dasturlari juda ko‘p tanqid ostiga olindi. Litsenziyasi olib qo‘yildi, jamoa OAVlar tilidan tushmay qoldi. Kimdir jamoa konsertiga “Yalong‘och gaplar”, deb ta’rif bersa, yana kimdir “Oila davrasida ko‘rib bo‘lmaydigan konsert”, deb siyqasi chiqqan iddaoni o‘rtaga tashladi.  Jurnalistlar, ma’naviyat peshvolari tanqid qilishga gap topishdi, biroq “Million”chilarga maslahat berishga, boshqa yo‘l bilan ham kuldirish mumkinligini tushuntirishga jur’atlari yetmadi. Holbuki, “Dizayn” jamoasining sahnaga olib chiqqan tomoshalari “Million”nikidan o‘n chandon uyatsiz edi. Negadir ularga kelganda, ma’naviyatimiz ildiziga bolta urilayotgani unutildi, xatolarga ko‘z yumildi. Jurnalistlar esa mum tishladi.
 




Jamoa a’zosi Davron Kabulov har galgi konsert so‘nggida qaysidir gapi bilan odamlar yodida qolishga harakat qiladi va buni uddalaydi. Aslida ma’noli gaplarni gapirish, sahnaga chiqib donishmandlik qilish, va’z o‘qish uncha-muncha odamga yarashmaydi. Chunki aytayotgan gapiga qalban yaqin bo‘lmaydi. Biroq Kabulov boshqalardan mustasno. U bu galgi gaplarini ayni tahlikali davrda dunyoning turli burchaklaridan turib, tuz yegan Vatani, kindik qoni to‘kilgan ota makonini unutib, O‘zbekistonga turli tuhmat va bo‘hton toshlarini otayotganlarga atadi. O‘zbekistondagi tinchlik va barqarorlik, farovon hayotga ularning gaplari hech qanday ta’sir etmasligini aytdi. “Jim turish qo‘rqoqlikning emas, aksincha, andishaning belgisi”, deydi Kabulov.




 
Davron Kabulovning unda-bunda qalam tebratib turishidan xabarimiz bor. U muxolifatchilarga atalgan she’rini shu qadar viqor bilan, mag‘rur o‘qidi. U so‘zi so‘nggida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovni eslatib o‘tib, u arshdan yurtni kuzatib turgani, yoshlarga ishonch bog‘laganini aytganida, tomoshabinlarning ko‘zida yosh qalqidi, zalni esa qarsaklar sadosi tutdi. “Million” ikki saot davomida lablarga tabassum ulashgan bo‘lsa, bir soniyada ko‘zlarni yoshga to‘ldirdi.
 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, “Million” xatolarni tuzatdi, kamchiliklar o‘rnini to‘ldirdi va yana muxlislar qarshisiga chiqdi. Tomoshabin esa ularga yana bir bor imkon beryapti, ishonch bildiryapti. Ko‘ramiz, “Million” bu ishonchni qay darajada oqlar ekan... 
Qamariddin Shayxov
 

 

Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 11810 | Комментарии: 7 | Голосов:: 1| Теги:: Million
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 7
Damir пишет: | 24.09.2016 | 15:39 ( E-mail ) #7 Спам
аватар отсутствует Usi Millionnin' aytqan so'zderine qalay ku'lesinder jauap berin'shi narod?
Like | 0
$$$®°@$@d$hoh®°$$$ пишет: | 23.09.2016 | 16:58 #6 Спам
Asadbek2002 Million jamoasiga gap yo'q.
Like | 0
$$$®°@$@d$hoh®°$$$ пишет: | 23.09.2016 | 16:57 #5 Спам
Asadbek2002 Admin Qachon joylaysiz saytga bu konsertni kutyapmiz.
Like | 0
Nodirshox@gmail Karimov пишет: | 23.09.2016 | 01:04 ( E-mail ) #4 Спам
аватар отсутствует Nima ishing bor sanga yoqmasa mana bizaga yoqadi ok
Like | 0
aziko пишет: | 22.09.2016 | 22:49 ( E-mail ) #3 Спам
аватар отсутствует admin qacon saytlarga cqadi
Like | 0
Sardorbek пишет: | 22.09.2016 | 17:09 #2 Спам
Don9498 Diskga qachon chiqadi?
Like | 0
shax пишет: | 22.09.2016 | 14:20 ( E-mail ) #1 Спам
аватар отсутствует Ajoyib boldi konsert
Like | 0
Сизда Изоҳ қолдириш ва фикр билдириш хуқуқи мавжуд эмас.
Фақат сайтимиздан руйхатдан ўтган фойдаланувчилар изоҳ қолдириш ва фикр билдиришлари мумкин.
[ РЎЙХАТДАН ЎТИШ | САЙТГА КИРИШ ]

Профил

Время: 01:01
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Реклама
Новинка у нас
. Umar Shamsiyev - Mayli-mayli  
. Iroda Dilroz - Ikkimiz  
. Nilufar Usmonova - Kel Ikkimiz  
. Lola ft. Shaxriyor - Ko'nikmadim  
. Dilso'z - Vatanni sevish kerak  
. Ulug'bek Rahmatullayev - Chaqaloqlar (New Version)  
. Munisa Rizayeva - Sensiz  .
. Nilufar - Orzular  
. Shahzoda feat. Dr. Costi - Billionaire  
. Asilbek Amanulloh - Janee  
. Baxrom Nazarov - Yana Keldim  
. Shoxruz (Abadiya) ft. Maxsuma - Yuraklarda  
. Shaxboz va Navruz - Yuragimdan O'chiray  
. Farhod va Shirin - Voha Voha  
. Farrux Raimov - Olmaxonim  
. Ulug'bek Rahmatullayev - Siz yig'lamang  .
. Bexruz Tohirov - Yolg'izman (OST) Yolg'izlar  
. Eldido Guruhi - Sevamande Baralla  
. Sardor Rahimxon - Друг  
. Ulug'bek Rahmatullayev - Vatan Bilan Bo'l  

Мини-Чат
Tarona.net

Сайтимиз янгиликларидан доимий хабардор бўлиб туриш хизмати by Email


                   
Самое Популярное
. Ummon o'grimi Yoki BENOM... [Exclusive Intervyu]
. Ummon guruhi - Dengiz
. Ummon - Sensiz
. Shahzoda - Shunchaki
. Ummon - Alvido
. Ummon - Sen Kechir
. Ummon - Ana Endi Yeg'la
. Ummon - Eslab Qol
. Ummon - Ming Afsus
. Ummon - Tola