Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Ishq Jodusi - All I want
. Sherlock Holmes - soundtreck (mix)
. Ayol Qalbi - True Love
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Tabib-Nadin kal kai (soundtreck koreya)
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

“Million” kulgi jamoasining yozga ko‘chirilgan konserti yana qoldirildi

“Million” kulgi jamoasining koronavirus pandemiyasi tufayli 27-iyun—6-iyulga ko‘chirilgan konserti yana qoldirildi. Bu haqda jamoa yetakchisi Davron Kabulov ma’lum qildi.

“Million” jamoasining konsert dasturi O‘zbekistonda COVID-19 pandemiyasi karantini davom etishi munosabati bilan noma’lum muddatga (dastlabki taxminlar bo‘yicha sentabr-oktabr oylariga) qoldiriladi.
Madaniyat vazirligi va “O‘zbekkonsert” mutasaddilari, “Xalqlar do‘stligi” saroyi rahbariyati ommaviy tadbirlar o‘tkazilishiga ruxsat berilishi bilan birinchi navbatda bahor fasliga belgilangan, chiptalari sotib bo‘lingan (Yulduz Usmonova, Ozoda Nursaidova, “Million”, Alisher Fayz va boshqalar) konsert dasturlari o‘tkazilishini ma’lum qilishmoqda. Xarid qilingan chiptalar o‘z kuchida qoladi.
Yangi sanalar Respublika maxsus komissiyasining ruxsati berilganidan so‘ng OAV va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz orqali e’lon qilinadi. Kassa karantin nihoyasiga yetishi bilan o‘z ishini davom ettiradi: o‘zgartirilgan kunlar noqulaylik tug‘dirgan taqdirda tomoshabinlar pullarini qaytarib olish imkoniyatiga ega.
Ushbu chiptalar yana kassa orqali savdoga chiqariladi. Bu esa bahorgi konsertga chipta xarid qilish imkonini topa olmagan yurtdoshlarimiz uchun “Million” dasturini jonli ko‘rishga yana bir qo‘shimcha imkoniyat taqdim etadi.
Qolaversa, jamoamiz ishqibozlari ichida yoshlar ko‘pchilikni tashkil etishi inobatga olinsa, talabalarning Toshkentga qaytishlari uchun ham sharoit yuzaga keladi. Ba’zi saytlar orqali tarqatilgan karantingacha o‘tishi kerak bo‘lgan konsertlar bekor qilinadi, mazmunidagi xabarlar asossiz.
Biz, albatta, qaytamiz. Yuraklarni ezgan karantinning g‘uborlarini yozish uchun ham, yaxshi kayfiyat nimaligini eng sadoqatli tomoshabinimizga eslatish uchun ham qaytamiz. Olib chiqadigan mavzularimiz, sezib turganingizdek, kundan kunga ko‘payib bormoqda. Ko‘rishguncha!
Davron Kabulov, “Million” kulgi jamoasi sardori


Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3133 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Million
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:06
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное