Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Mirziyoyev Putin bilan Qoraqalpog‘istondagi vaziyatni muhokama qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 17 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Kreml Matbuot xizmati xabar berdi. 

Telefon orqali muloqot chog‘ida Vladimir Putin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga mehmondo‘stligi va Samarqandda bo‘lib o‘tgan SHHT sammitini a’lo darajada tashkil etgani uchun samimiy minnatdorlik bildirgan. 

Ikki tomonlama kun tartibidagi, jumladan, savdo-iqtisodiy sohadagi ayrim dolzarb masalalar muhokama qilingan. Rossiya-O‘zbekiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash borasidagi o‘zaro intilish tasdiqlangan. 

Rossiya tomoni O‘zbekiston rahbariyatining Qoraqalpog‘istondagi vaziyatni barqarorlashtirish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. 

Bo‘lajak aloqalar jadvali ham muhokama qilingan.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1364 | Рейтинг: 0| Рейтинг: muhokama, Putin, vaziyatni, bilan, Mirziyoyev, qildi, Qoraqalpog‘iston
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:01
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное