Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Klon-soundtreck
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Pazanda - Im Loving You
. Pazanda - Sad Love
. Choli Qushi-soundtreck
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Germaniyada noma’lum shaxs o‘tkinchilarga pichoq bilan hujum qildi. Oqibatda 3 kishi halok bo‘ldi
Germaniyaning Vyursburg shahri markazida 25-iyun kuni kechqurun noma’lum shaxs o‘tkinchilarga pichoq bilan hujum qildi. Bu haqda mahalliy Main Post gazetasi xabar berdi.Nashrning politsiyadagi manbalariga tayanib, xabar berishicha, hujum oqibatida uch kishi halok bo‘lgan, kamida olti kishi jarohatlangan — ular kasalxonalarga yotqizilgan.

Politsiya hujumchiga qarata o‘q uzganini va erkakni hibsga olganini ma’lum qildi. Bunga qadar aholining o‘zi uni to‘xtatishga uringan. Oyog‘idan o‘q yegan hujumchi hozir hibsda. Huquq-tartibot idoralari katta ehtimol bilan tajovuzkorning yolg‘iz harakatlanganini xabar qildi.

Ayni paytda voqea joyi xavfsizlik kuchlari tomonidan o‘rab olingan, ammo politsiya aholiga hech qanday tahdid yo‘qligini aytmoqda. Ko‘chalarda tez yordam mashinalari va politsiya to‘plangan.

Avvalroq Xitoyda noma’lum shaxs pichoq bilan bolalar bog‘chasiga hujum qilib, 16 nafar bola va 2 tarbiyachini yaralagan edi. Shuningdek, Gruziyada qurollangan shaxs bankka bostirib kirib, odamlarni garovga olgani haqida xabar berilgan.

2-aprel kuni esa AQSh Kongressi binosi yaqinidagi nazorat punktiga avtomobil kelib urilgandi. Haydovchi mashinadan sakrab tushib, pichoq bilan ikki politsiyachiga hujum qilgan, oqibatda politsiyachilardan biri halok bo‘lgan.


Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 3383 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: shaxs, qildi, bo‘ldi, bilan, Halok, pichoq, kishi, o‘tkinchilarga, Oqibatda, Germaniya, noma’lum, HUJUM
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное