Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentda mahkum profilaktika inspektorlarini pichoq bilan quvladi

 
Toshkent shahri Yangihayot tumanida profilaktika inspektorlariga tahdid qilindi.

13-avgust kuni soat 23:00 da tungi xizmatda bo‘lgan Yangihayot tumani IIB ikki nafar profilaktika inspektorlari tushgan xabarga ko‘ra, xonadonlarning biriga borishgan.

Xonadonga yetib kelgach, probatsiya xizmatida hisobda turuvchi 35 yoshli mahkum mast holda turmush o‘rtog‘i bilan janjallashib, uni quvib yurganini ko‘rishgan va uni tinchlantirmoqchi bo‘lishgan.

Biroq mahkum ularga faol qarshilik ko‘rsatgan va bu jarayonga uning turmush o‘rtog‘i hamda onasi aralashib, profilaktika inspektorlarining xizmat kiyimlarini yirtishgan.

Shu paytda mahkum uyidan oshxona pichog‘ini olib chiqib, ikkala qo‘li bilak sohasini kesib, o‘ziga tan jarohati yetkazgan va profilaktika inspektorlariga pichoq bilan tahdid qilib, quvlagan.

Shu vaqt profilaktika inspektorlari tomonidan qo‘shimcha yordam hamda tez tibbiy yordam xodimlari chaqirilgan va jabrlangan mahkum shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur holat Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan tekshirilib, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 657 | Рейтинг: 0| Рейтинг: mahkum, pichoq, profilaktika, quvladi, bilan, Toshkentda, inspektorlarini
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное