Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi direktorlar kengashi rahbari kasalxona derazasidan tushib ketib, halok bo‘ldi

 
Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi direktorlar kengashi rahbari, birinchi ijrochi vitse-prezidenti Ravil Maganov Moskvada Prezident ishlari boshqarmasining Markaziy klinik kasalxonasi derazasidan tushib ketib, halok bo‘ldi, deb yozadi “RBK”.
Neft kompaniyasining 67 yoshli top-menejeri Markaziy klinik kasalxonasining olti qavatida joylashgan bo‘limda davolanayotgan edi.

Kasalxona Ravil Maganovning vafotini tasdiqlagan, hozircha tafsilotlarga aniqlik kiritmagan.

Mash Telegram-kanali xabariga ko‘ra, “Lukoyl” menejeri o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkin. “RIA Novosti” manbasi ham shunday ehtimolni keltirgan.

Moskva huquq-tartibot organlari kasalxona derazasidan erkak kishi tushib ketgani va halok bo‘lganini tasdiqladi, ammo marhumning ism-sharifini oshkor etmadi.

“Lukoyl” xabar yuzasidan izoh berganicha yo‘q.

Ravil Maganov 1980-yillarda “Langepasneftegaz”da ishlagan. 1991-yilda “Lukoyl” tashkil qilingach, “Langepasneftegaz” uning tarkibiga kirgan. Maganov — “Lukoyl” kompaniyasi nomining muallifi. 1993-yildan u “Lukoyl” direktorlar kengashiga kirgan, 2020-yilda kengash rahbariga aylangan. 2006-yildan Maganov kompaniya birinchi ijrochi vitse-prezidenti lavozimini egallagan. U “Tatneft” bosh direktori Nail Maganovning akasi.


Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 933 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ketib, derazasidan, tushib, kengashi, Lukoyl, Halok, Rossiya, rahbari, bo‘ldi, direktor, kasalxona, kompaniyasi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное