Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Mirziyoyev Qozog‘istonga yordam taklif qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 6 sentyabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti saytida xabar berildi. 

Suhbat avvalida davlat rahbari Qozog‘iston yetakchisiga Qo‘stanay viloyatidagi o‘rmon yong‘inlari munosabati bilan dalda so‘zlarini bildirgan hamda favqulodda holat oqibatlarini bartaraf etishda zarur yordam ko‘rsatishga tayyorligini qayd etgan.

Ikki mamlakat Prezidentlari O‘zbekiston-Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida amaliy sheriklikni kengaytirishning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqqan.

Shuningdek, savdo, sanoat, energetika, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashilgan. Shu oyda Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitining kun tartibi muhokama qilingan.

Qozog‘istondagi yong‘in

Qozog‘istonning Qo‘stanay viloyati 2 sentyabrdan buyon alangan qurshovida. Auliyekol tumanida chiqqan o‘rmon yong‘inlarining geografiyasi kun o‘tgan sayin kengaymoqda. Mamlakat favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, 5 sentyabr holatiga ko‘ra, yong‘inlar maydoni 43 ming gektargacha kengaygan, o‘rmon xo‘jaligining umumiy maydoni esa 107,3 ming gektarni tashkil etgan. 

Yong‘in oqibatida bir qancha qishloqlarda 108 ta bino vayron bo‘lgan va zarar ko‘rgan. 1841 kishi evakuatsiya qilingan. Jarohatlanganlar, kuygan va zaharlanganlar 10 kishiga yetdi. 1935 yilda tug‘ilgan erkak vafot etgan. Mintaqada mahalliy miqyosda favqulodda holat e’lon qilingan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 5 ta hududda (Amankaragay, Lesnoye, Ozernoye, Baganali va Kalinino qishlog‘i yaqinida) o‘rmon zonasida yong‘in o‘chirish ishlari olib borilmoqda.

Evakuatsiya qilinganlar mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan Auliyekol o‘rta maktabi va Auliyekol maktab-internatiga joylashtirish, oziq-ovqat bilan ta’minlash tashkil etildi, 66 nafar fuqaro evakuatsiya punktlarida qolmoqda. Qolganlar o‘z uylariga qaytgan yoki qarindoshlarinikiga joylashgan.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1253 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qildi, Mirziyoyev, Qozog‘istonga, taklif, yordam
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное