Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Putin G‘alaba paradiga Markaziy Osiyodan yana bir davlat Prezidentini taklif qildi
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonni shu yilning 9 may kuni Moskvada o‘tkaziladigan paradga taklif qildi. Bir qator OAVlarda Rahmonning Moskvadagi paradga borishi haqida xabarlar tarqaldi. Tojikiston Prezidenti matbuot xizmati Moskvaga safar haqida aniq qaror qabul qilinmaganini, Imomali Rahmon 9 mayni Dushanbeda o‘tkazishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Tojikiston rahbari Imomali Rahmon telefon orqali muloqot qilgan. Davlat rahbarlari G‘alabaning 78 yilligi munosabati bilan bir-birini o‘zaro tabriklagan.

Suhbat chog‘ida prezidentlar o‘zaro hamkorlikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha Tojikiston-Rossiya strategik sheriklik munosabatlari rivojlanishidagi ijobiy dinamikani qayd etgan. Putin va Rahmon xalqaro hamda mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar, jumladan, tojik-afg‘on chegarasidagi vaziyatni muhokama qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, G‘alaba kuni munosabati bilan Moskvada o‘tkaziladigan tantanalarda Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov yagona xorijiy davlat rahbari sifatida qatnashishi ma’lum qilingan edi. 


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2036 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Osiyo, paradiga, Putin, Yana, taklif, qildi, g‘alaba, markaziy, davlat, Prezident, Bir
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:44
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное