Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » INTERNET TARMOG'I

“MIT.uz” – Milliy internet tanloviga arizalar 1 noyabrga qadar qabul qilinadi




 

MIT.uz” — milliy internet tanloviga arizalar 1 noyabrgacha qabuli e`lon qilindi. 

Joriy yilda 4-marotaba o`tkaziladigan tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan veb dasturchi, dizayner, robototexnik, jurnalist hamda blogerlar qatnashishi mumkin. Tanlovga faoliyat ko`rsatayotgan yoki 2016 yil 1 sentyabrgacha internet tarmog`iga joylashtirilishi rejalashtirilgan saytlar taqdim etiladi. Bitta ishtirokchi tomonidan tanlovga taqdim etilishi mumkin bo`lgan saytlar miqdori cheklanmagan.

Tanlov quyidagi nominasiyalar bo`yicha o`tkaziladi:

Asosiy nominasiyalar:

1. O`zbekistonning boy madaniyati va san`ati, tarixi hamda istiqlol g`oyalari va ma`naviy qadriyatlarini yorituvchi eng yaxshi sayt;

2. Mahalla, qishloq va shaharlardagi farovon hayotni yoritgan eng yaxshi sayt;

3. Davlat tilidagi eng yaxshi sayt;

4. Eng yaxshi yangiliklar sayti;

5. O`zbekistonning iqtisodiy salohiyati aks etgan eng yaxshi sayt;

6. O`zbekistonning sayyohlik salohiyati aks etgan eng yaxshi sayt;

7. Davlat boshqaruvi sohasidagi eng yaxshi sayt;

8. Fan va ta`lim sohasida eng yaxshi sayt;

9. Yil mazmuniga doir eng yaxshi sayt;

10. Tibbiyot sohasidagi eng yaxshi sayt;

11. O`zbekistonning iqtisodiy va sayyohlik salohiyati aks etgan eng yaxshi sayt.

Qo`shimcha nominasiyalar:

1. Ikki tilda yaratilgan eng yaxshi sayt

2. Sport sohasida eng yaxshi sayt

3. Eng yaxshi shaxsiy blog

4. Eng yaxshi sayt dizayni

5. Tarmoq servislari sohasidagi eng yaxshi sayt

6. Mobil aloqa vositalari uchun mo`ljallangan eng yaxshi dastur

Tanlovning nizomida qayd etilishicha, unda Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi veb-sayt yaratuvchilar (jismoniy va yuridik shaxslar) ishtirok etadi. Tanlov uch bosqich (tanlov ishtirokchilarini ro`yxatga olish, g`olib va sovrindorlarni saralash hamda taqdirlash)da o`tkaziladi. G`olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimining kuni va joyi tashkiliy qo`mita qaroriga asosan belgilanadi va www.mit.uz saytida e`lon qilinadi.

Milliy internet tanloviga arizalar 1 noyabrga qadar qabul qilinadi. Tanlov ishtirokchisi arizani topshirishdan tanlov nizomi bilan to`liq tanishib chiqishi va unda ko`rsatilgan talablar va qoidalar asosida arizani to`ldirilish lozim. Ishtirokchilar arizani tanlovning www.mit.uz rasmiy veb-sahifasi va @MITUZBOT (https:// https://telegram.me/mituzbot) telegram BOTi orqali to`ldirishi yoki mituz2016@kmail.uz elektron pochtasiga yuborishi mumkin.

Nizomda belgilanishicha, tanlovga taqdim etilgan sayt faqat bitta nominasiyada (yoki bitta qo`shimcha nominasiyada) ishtirok etishi mumkin. Tanlovda ishtirok etayotgan saytning mazmuni (uning kontenti)ga quyidagi talablar qo`yiladi:

— tanlov auditoriyasi (yoshlar)ning talab va qiziqishlariga mos kelishi lozim;

— yoshlarni barkamol shaxs etib tarbiyalashga yo`naltirilgan bo`lishi, ularning bilim darajasini va dunyoqarashini oshirishi kerak;

— internet foydalanuvchisida axborot olish madaniyatini hamda undan xavfsiz foydalanish ko`nikmalarini shakllantirishga xizmat qilishi kerak;

— saytdagi axborotlarning kamida 80 foizi (kontent, rukn va sahifalarning hajmiga qarab belgilanadi) yoshlar uchun mo`ljallanishi, ular uchun foydali kontent bilan to`ldirilgan bo`lishi, doimiy ravishda yangi materiallar bilan boyitib borilishi kerak;

— saytning interfaol ruknlari (yangiliklar, voqea-hodisalar) doimiy ravishda (kunida kamida bir marotaba) yangilanib turilishi kerak;

— tanlovda ishtirok etayotgan saytga uchinchi shaxslarning huquqlari, shu jumladan, mualliflik huquqini poymol etuvchi materiallar, milliy qonunchilikka zid bo`lgan materiallar, ma`naviy va axloqiy me`yorlarga to`g`ri kelmaydigan materiallar, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi hududida tarqatilishi taqiqlangan mahsulot va xizmatlar reklamasini joylashtirish mumkin emas.
Tanlovga doir boshqa ma`lumotlarni uning rasmiy saytidan o`qishingiz mumkin. Shuningdek, qo`shimcha ma`lumotlar uchun +998712410050 raqamiga soat 9.00 dan 18.00 ga qadar murojaat qilish mumkin.

Eslatib o`tamiz, mazkur tanlov har yili “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “O`zbekturizm” Milliy kompaniyasi, O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamkorligida tashkil etiladi. Uni o`tkazishdan ko`zlangan asosiy maqsad yoshlar uchun mo`ljallangan ijobiy mazmundagi eng yaxshi internet resurslarni yaratish, ko`paytirish, mavjudlarini aniqlash va rag`batlantirish, veb-resurslarni yaratuvchilar diqqat e`tiborini internet texnologiyalaridan mas`uliyatli, axborot madaniyati talablari doirasida hamda xavfsiz foydalanish muammosini hal etish, internetning yoshlar uchun mo`ljallangan segmentini kengaytirish va rivojlantirishdan iborat.



Категория: INTERNET TARMOG'I
Просмотров: 3807 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Milliy Tv, Tanlov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NuR_KR ee mangamas bula
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:38
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное