Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI

Mobil operatorlar: bayram kechasi uyali aloqa muammo bo‘lmaydi

Yangi yil kechasi uyali aloqa tarmoqlari yuklamasining keskin ortib ketishi bilan mobil operatorlar faoliyatida uzilishlar va nosozliklar tez-tez kuzatilib turadi. Axir bir paytning o‘zida millionlab abonentlar yaqinlarini tabriklash uchun mobil aloqaga murojaat qiladi.
Mana shunday holatlarning oldini olish maqsadida aloqa operatorlari qanday chora-tadbirlarni amalga oshirayotganlari haqida “Darakchi” gazetasida ma’lumot berishdi.
“SMS-markazimizda yuklamalar hajmi oshib ketmasligi uchun qisqa muddatli rejali ish rejimiga o‘tiladi, - dedi Unitel MChJ jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazzoqov. – Asosiy tizimda ham profilaktik qayta yuklash amalga oshiriladi.
31 dekabr kuni esa barcha hududlarda tarmog‘imiz sig‘imini kengaytiramiz... Biror muammo yuz bergan taqdirda ham bu abonentlarimizga ta’sir qilmasligi kerak”.
Bundan tashqari, u aloqa sifati ko‘p jihatdan elektr ta’minotiga ham bog‘liqligini eslatib o‘tdi: “1 yanvarga o‘tar kechasi havo qancha sovuq bo‘lsa, yuklama ham shuncha ortadi. Shuning uchun biz yuzlab bazaviy stansiyalarimiz har qanday vaziyatda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun Yangi yilga dizel-generatorlar va quyosh batreyalari bilan ta’minlaganmiz”.
“Abonentlar talabini qondirish, tezkor axborot almashinuvini ta’minlash maqsadida texnik bo‘lim bilan hamkorlikda ish olib boryapmiz, - deydi “O‘ztelekom” AKning “Uzmobayl” filiali 1-toifali call-markazi mutaxassisi Baxtiyor Mirhabibov. – Operatorlarimizning xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga ham katta e’tibor beramiz”.
“Uzmobayl” 1-toifali call-markazi mutaxassisi Umida Anorqulovaning ta’kidlashicha, Yangi yil kechasi ishning avj nuqtasi soat 23:00dan boshlanadi. Yuklamalar hajmi ortib, SMS-xabarlar o‘z vaqtida manzilga yetib bormay qolsa, operatorlar bu masala yuzasidan murojaat qilganlarga vaziyatni to‘g‘ri tushuntirishi va imkon qadar yordam berishi talab qilinadi.
UMS MChJ matbuot kotibi Elina Sakayevaning ta’kidlashicha, Yangi yil kechasi call-markaz qo‘shimcha operatorlar bilan kuchaytirilgan tizimda ishlaydi, shuningdek, mas’ul rahbarlar ham doimiy aloqada bo‘ladi. Bundan tashqari, kompaniyaning texnik bloki maxsus ishlab chiqilgan reja asosida ishlashga o‘tgan.
“Mazkur blok tarmoqni me’yoridan oshgan yuklamalar rejimiga ulaydi, - tushuntiradi mutaxassis. – Bu esa katta miqdordagi ovozli va internet trafigi intensivligini oshiradi”.


Manba:kun.uz
Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI
Просмотров: 4416 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: mobil operator, yangi yil kechasi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
sokin Байрам тугул хар доим муаммо бор
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:08
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное