Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Moskvada o‘zbekistonlik telefon terrorchisi qo‘lga olindi

Moskva sudi shahardagi binolarga bomba o‘rnatilgani haqida telefon orqali uch marta yolg‘on xabar bergan O‘zbekiston fuqarosini hibsga olishga ko‘rsatma berdi. Bu haqda Presnenskiy sudi matbuot kotibi Nina Yurkova ma’lumot berdi.
Uning so‘zlariga qaraganda, 21 yoshli Jamshid Abdirasulov ayni paytda hibsda saqlanmoqda. U telefon orqali huquq-tartibot organlariga yolg‘on axborot berganlikda gumon qilinmoqda.
16 noyabr mahalliy vaqt bilan 19:30da Arbat tumani bo‘yicha polisiya navbatchi qismiga qo‘ng‘iroq bo‘lgan. Abdirasulov Karmaniskiy tor ko‘chasidagi ofis binosida bomba borligini xabar qilgan. Biznes-markazdan xodimlar va mijozlar evakuatsiya qilingan, bino va uning atrofi tintuv qilingan. Ammo portlovchi uskuna topilmagan.
Yolg‘on axborot bergan shaxs bir necha kundan so‘ng Moskva viloyatida qo‘lga olingan. U 18 va 19 noyabr kunlari ham bunday telefon terrorchiligini amalga oshirgani aniqlangan.
Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 5929 | Рейтинг: 0| Рейтинг: telefon terrorchisi, o‘zbekistonlik, qo‘lga olindi, moskva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:52
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное