Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Mourino Shomurodovga ishonmaydi – mutaxassis
"Paxtakor" klubi sport direktori Jafar Irismetov "Roma"da hujumchi Eldor Shomurodov atrofida yuzaga kelgan vaziyat haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Irismetovning so‘zlariga ko‘ra, rimliklar ustozi Joze Mourino 27 yoshli hujumchiga ishonmayapti, aks holda u "Torino"dan Andrea Belottini taklif qilmagan bo‘lardi. Eslatib o‘tamiz, Shomurodov joriy mavsum "Roma" safida atigi oltita o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.

“Biz bu haqda ko‘p muhokama qilamiz, unga o‘ynash uchun ketishini maslahat beramiz. Faoliyatim davomida men zaxirada o‘tirib pul topsam bo‘lardi, lekin ketdim – vaziyatga qarab, o‘zim qaror qabul qildim. Shomurodov qishki transfer oynasida boshqa jamoaga o‘tadi”, deydi Irismetov.

Hujumchining Italiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan. "Transfermarkt" portali O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisini 8 million yevroga baholamoqda.


Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 1515 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shomurodov, ishonmaydi, Mourino, mutaxassis
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное