Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qaxvaxona - soundtreck
. Pazanda - Soundtrack
. Efir Sirlari - Piano Version
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Choli Qushi-soundtreck
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 2
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Zerda - Soundtreck
Главная » Файлы » MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI

MTS O‘zbekistonga qaytmoqda!!!

Rossiyaning MTS mobil aloqa operatori O‘zbekiston hukumati bilan mamlakatdagi faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish borasida deyarli kelishib oldi. Gazeta.uz’ning "RIA Novosti”ga asoslanib  xabar berishicha, MTS mahalliy kompaniya – "O‘zdunrobita”dagi o‘z ulushini O‘zbekistonga topshirishi ham mumkin.

"RIA Novosti”ning yozishicha, bu haqda MTSni nazorat qiluvchi "Sistema” kompaniyasi rahbari va asosiy egasi Vladimir Yevtushenkov jurnalistlarga ma’lum qilgan.

"Biz barcha shartlarni kelishib oldik, faqat bitta shart qoldi – u biz uchun yetarli darajada sezilarli. Agar shuni ham kelisha olsak – shu yili O‘zbekistonga qaytamiz”, – dedi Yevtushenkov Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan xalqaro iqtisodiy forum kuluarlarida.

Uning aniqlik kiritishicha, hal qilinishi kutilayotgan so‘nggi masala chastotalar bilan bog‘liq. "Bu davlat ishtirokidagi kompaniya bo‘ladi, biz esa uni nazorat qilamiz”, – deya qayd etdi "Sistema” rahbari.

"Kun”ning ta’kidlashicha, 2012-yil iyulida MTSning O‘zbekistondagi sho‘basi – "O‘zdunrobita” operatorining litsenziyalari chaqirib olingan edi. Kompaniyaga nisbatan qiymati 600 million dollardan ortiq bo‘lgan da’volar e’lon qilingan, operator rahbariyatiga nisbatan esa jinoiy ish ochilgan edi. Moliyaviy da’volarni to‘lash qobiliyati yo‘qligi sabab, 2013-yil yanvarida "O‘zdunrobita” bankrot bo‘lganini ma’lum qilgan edi.

"Biz katta mamnuniyat bilan ushbu mamlakatga qaytamiz. Bu yaxshi bozor”, – deya qayd etdi Yevtushenkov. Bu kabi holat yana takrorlanmasligiga kafolat bormi qabilidagi savolga, Yevtushenkov shunday javob berdi: "Hatto sug‘urta polisi ham yuz foizlik kafolat bera olmaydi”.

MTSning O‘zbekistonga qaytishi borasidagi aniq sanalarni ma’lum qilmagan Yevtushenkov bu kelishuvlarga bog‘liq masala ekanligini qayd etib o‘tdi.



Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI
Просмотров: 8831 | Комментарии: 7 | Рейтинг: 3| Рейтинг: MTS
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 7
doston8465 вой во хамма мтс дейди кулайлиги боса кайтсинда
Like | 0
8800odil MTS bar bir No1
Like | 0
antow Zurkuv agar mts uzga qaytsa 4 yil ishlatgan numerimni ya qaytadan sotip olardim narxni varqi yuq edi 998612203666 manshuv numerni juda sog'indim
Like | 0
tarona_music bu kampaniya qayta ishga tushishiga men ishonaman ok
Like | 0
Allanur Yaxshiyu
Like | 0
Stelistka_91 Mana buni eng yaxshi xabar desa böladi juda juda xursand bölardik tezroq MTS imiz qaytsa
Like | 0
nemat1996 qaytsa zo'r bo'lardi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:30
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное