Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Taqdir O'yini-Va Bank
. Soundtreck-Великолепный Век
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Ayol Qalbi - True Love
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Choli Qushi-soundtreck
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Efir Sirlari - Piano Version
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Hayot Sinovlari - Gulim
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

Muhojir ayol hikoyasi


O‘zim ham bir muhojir ayol bo‘lganim bois, men kabilarning qismatiga befarq bo‘la olmasdim. Vaqt topib, bir dasturxon atrofiga yig‘ilganimizda musofirchilik nonini yeb yurganlar haqida ko‘p voqealarni tinglardim. Mana buni qahramonimning o‘z og‘zidan eshitganman.

Shavkat asli Jizzaxdan, yaxshigina ovoz rejissyori edi. U qo‘shiqlarga kuy bastalar, turli tadbirlarda ovoz rejissyori sifatida faoliyat yuritardi. Topish-tutishi oilasiga yetib turardi. Zilola ismli turmush o‘rtog‘i hamda ikki farzandi bilan osuda hayot kechirgan.

Rafiqasi Zilolaning akasi Grin Kart yurtib olgan va ayni vaqtda oilasi bilan qo‘shma Shtatlarda yashayotgandi. Zilola akasining xotini bilan yaxshigina maosh olishlari, ko‘pgina muammolarini hal qilishganini to‘lqinlanib hikoya qilardi. Zilola Shavkatni holu-joniga qo‘ymagani bois, mana, uch yildan beri shu Grin Kart lotereyasini o‘ynaydi. Ikki marotaba yutuq chiqmadi.

2014 yilning may oyi. Buni qarangki, bu safar boshiga baxt qushi qo‘ndi! Yutuq chiqdi. Shavkat hayron, Zilolaesa quvonchdan o‘zini tuta olmaydi. Shavkat hujjatlarni yig‘ish barobarida okean ortidagi hayot haqida surishtira boshladi. Ko‘pchilik unga oilasi bilan borsa qiynalishini aytardi. “Avvaliga o‘zing joylashib olib, fursat o‘tgach, oilangni olib chiqib ketasan” degan fikrlarni eshitdi. Zilola esa bunday so‘zlarga umuman e’tibor bermas, eriga hamma birga borishini ta’kidlashdan to‘xtamasdi. Ustiga-ustak necha yildan beri o‘sha yurtda akasi yashashini, ularga, albatta, ko‘mak berishini tinmay gapirardi.

... Juda uzoq uchgan samolyot nihoyat manzilga kelib qo‘ndi. Kelishib olishganidek ularni Zilolaning akasi Samad kutib oldi. Singlisini ko‘rib quvongan aka birdan o‘zgardi:

— Qaysarlik qilib baribir o‘zingnikini o‘tkazibsan-da, men senga bolalarsiz kelinglar, ular bilan qiyin bo‘ladi, degandim-ku! – dedi norozi ohangda. Keyin qo‘shib qo‘ydi: – Bo‘lar ish bo‘libdi. Yuringlar, mashinaga chiqamiz, uyga borish kerak. Keyin bir gap bo‘lar.

— Sizlarga hech kim bir xonani ijaraga bermaydi, sababi katta bir oilasizlar, bolalar yosh, shovqin-suron degandek, ko‘rib turibsizlar, mening uyimda ham joy yo‘q. qo‘lingizda pul bormi, o‘zi?

— Yaxshi, birinchi qilinadigan vazifa qaytishga chipta sotib olib birortangiz bolalarni uyga tashlab kelasiz. Ungacha ish topamiz, ijaraga xona ham.

— Zilola, bu yerdan ketamiz. Akangning uyida qolishimiz noto‘g‘ri bo‘ladi.

— Voy, qaerga boramiz? hech kimni tanimasak, akam ijaraga qo‘yishmaydi deyapti. Gapirsa-gapiraversin ishimiz hal bo‘lguncha bu yerdan bir qadam ham jilmaymiz.

— Shavkat, qachondan beri aytmoqchi bo‘lgan gapimni aytishga majburman. Avvalo, sizlar bizning urush-janjal tufayli aziyat chekayotganingizdan xijolatdaman va buning uchun uzr so‘rayman. Imkon bo‘lsa o‘zingizga boshqa joy qidiring. Men erim bilan ajrashmoqchiman. Yana qo‘l ko‘tarsa polisiyaga topshiraman. Bunday vaziyatda sizlarning uyimda bo‘lishingiz to‘g‘ri emas.

— Sezib turibman, er-xotin ikkingiz kelganingizdan buyon xona ma’qul bo‘lmaganinipichirlab asabimga tegyapsizlar. Kamiga bolalaringiz shovqini.

— Opajon, hozir sizga shuni tushuntirmoqchi edim. Biz rosa qiynalyapmiz, bizdan qaytmasa Xudodan qaytsin. Men boshqa uy qidirishga tushdim. Topishim bilan chiqib ketamiz. Ishlarim yurishib ketsa, albatta, rozi qilaman.

— Gap bundoq mister Shavkat tezda, hozirning o‘zida xonani bo‘shatib qo‘ying. Lash-lushlarni yig‘ing! har kim 2-3 kunlab tekinga yashab ketaversa, uyim karvonsaroyga aylanadi-ku!

— Opajon, shu paytda qaerga boramiz? Bolalarimizga jabr bo‘lmasin. Iltimos, tong otsin, chiqib ketamiz. hozirning o‘zida narsalarni yig‘amiz.

— Menga qara, agar yo‘qolmasang, polisiya chaqiraman, 2 kun yashaganingga pul talab qilmayotganimga shukr qil!

— Akamnikiga boramiz.

— Bormaymiz akangnikiga. Shuncha gap-so‘z kamlik qildimi senga?

— Qaerga boramiz unda?!

— Metroga tushamiz. Vagon tinimsiz qatnaydi, bir kechani vagonda o‘tkazamiz. Tong otsin, albatta, uy topaman.

— Opajon, bu davlatda yo‘q narsaning o‘zi yo‘q. Faqat bu yerda insoniylik, oqibat topolmaysiz. qaerda o‘sib-unganini yodidan chiqargan daraxt boshqa yerda ko‘kararmikan? Opa, shu savol qiynaydi meni...– deb bir nuqtaga tikilib qoldi.

Uyda Zilolaning kelinoyisi va ikki jiyani qarshi olishdi. Gulnoza bolalarni ko‘rdi-yu, rangi o‘zgardi. Eriga chimirilib “tushuntirmaganmidingiz” qabilida ishora qildi. Akasi esa bosh irg‘ib qo‘ydi.

Kech tushdi. Mehmonlar uchun kichik xonaga joy to‘shaldi. Shavkat shu tun umuman mijja qoqmadi. Bu muammolar katta azoblarning debochasi ekanligini ko‘ngli sezib turardi. Xotini bolalari bilan qattiq uyquga ketishdi. Shavkat ularni tomosha qilib yotar, bu begona yurtda bolalarini qanday yedirib-ichirishi, qaerda yashashini o‘ylab ezilardi.

Tong ham otdi. Aka kuyovi va singlisini o‘tkazib olib, rosa urishdi.

Shavkat “bor” degandek bosh silkidi.

Shavkat Zilolani ularga ajratilgan xonaga boshladi, xonada bolalar o‘ynab o‘tirishardi.

Akasi ularga bir kichik xonani ijaraga topib berdi. Bu uyning kamchiliklari yetarli edi. Ta’mirsiz, eski, ustiga-ustak shundoqqina metroning oldida, tunu-kun shovqin. Shavkat tez orada avtomobillarni ta’mirlash ustaxonasigaishga joylashdi. Zilola esa bolalar bilan uyda o‘tirardi. Vaqt o‘tib bolalarni maktabga joylashtirishdi. Zilola ham hamshira bo‘lgani bois, klinikaga ishga kirdi. Ishdan charchab kelishar, kechasi uyqu yo‘q edi. quloqlarga paxta tiqish ham, yostiq bostirish ham yordam bermasdi. Poezdning vagonlari xuddi ustingizga bostirib kelayotgandek tuyulardi.

Oila shu zaylda olti oy yashadi. Tanish-bilish orttirgan Shavkat surishtirib boshqa bir tinch manzildan uy topdi. Uy egalari er-xotin bo‘lib, Rossiyadan kelgan muhojirlaredi. Ular bitta xonalarini oilaga topshirishdi. Shavkatga uy bekasining muomalasi ma’qul bo‘ldi. U, ko‘pincha, oilaga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatar, maslahatini ayamasdi. Biroq bu yerda ham ularni muammo chetlab o‘tmadi. Marinaning turmush o‘rtog‘i ichkilikka berilgan, ko‘pincha, ayolini urar, haqorat qilib tinchini buzardi. Oila bu yerda sakkiz oy yashadi. Bir kuni ishdan qaytgan Shavkatni uyning egasi Marina qarshi oldi.

Shavkat yana uy surishtirishga tushdi. Unga bir bekobodlik ayolning uyini maslahat berishdi. O‘sha yerga bordi. Uyeski va kir edi. Lekin narxi baland bo‘lmagani bois rozi bo‘ldi. Faqat bir narsaga uy bekasini ko‘ndirishga muvaffaq bo‘ldi. U bekaga maoshi uch kundan keyin qo‘ligategishi vaolishi bilanoq ijara uchun pul berishini aytdi. Shu kunning o‘zidayoq oila ko‘chib o‘tdi. Zilolaga ham yoqmagan bu ijara uyni kelishi bilanoq tozalashga tushdi. Kech ham tushdi, oila uyquga ketdi. Shavkat yuzida nimadir o‘rmalayotganidan uyg‘ondi. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki, uy suvaraklarga to‘lib toshgandi, bolalari, xotinining yuzida o‘rmalayotgan suvaraklarni haydash bilan tong ottirdi. Er-xotin bu yerda yashab bo‘lmasligini tushunib turishardi.

Ertalab ishga yetib olgan Shavkat mashinani maxsus apparat bilan ta’mirlayapti-yu, o‘kirib-o‘kirib, o‘pkasini bosa olmay yig‘lay boshladi. Baxtiga apparatdan chiqayotgan ovoz shu qadar kuchli ediki, umuman hech narsa eshitilmasdi. U o‘z Vatanida erkin yurishlari, o‘zining fayzli hovlisi, yaqinlarining iliqchehrasini esga olib alamdan yig‘lardi...

Kech tushib, ishdan qaytayotib,uy egasiga bu yerda qola olmasligini, oz fursatda boshqa boshpana topib chiqib ketishlarini tushuntirishni reja qildi. Uy egasi uni sovuq qarshi oldi.

Shavkat soatga qaradi vaqt allamahal, kechki 9 dan oshib ketgandi.

Shavkat vaziyat og‘ir ekanini tushunib turardi. U Zilolaga “narsalarni yig‘” degandek ishora qildi. Zilola yig‘lagancha

narsalarni taxlay boshladi.

Zilola bu javobdan hangu-mang bo‘lib qoldi. Lekin ular ilojsiz edilar. Uy egasi shang‘illagancha ularning ketidan qarsillatib eshikni yopdi.

Soat o‘ndan o‘n daqiqa o‘tgandi, Shavkat ming xijolat bilan Marinaning raqamini terdi. Xayriyat, qo‘ng‘iroqqa javob bo‘ldi. Shavkat titroq ovozda vaziyatni tushuntirdi. Marina zudlik bilan unikiga kelishlarini tayinladi. Ularni kulib qarshi olgan Marina eri bilan ajrashgani va tinch–osuda hayot kechirayotganini hikoya qildi. Va shu kunlarda Shavkatga telefon qilib, uyga qaytishlari mumkinligini aytishni o‘ylab yurganini aytdi. Shavkat ko‘z yoshini to‘xtata olmasdi...

Ayni vaqtda Shavkat va ayoli ikkisi yaxshi ishning qo‘lidan mahkam tutganlar. Alohida uyni ijaraga olishga imkonlari borligi bois yaxshi joyga ko‘chib o‘tishgan. Marinani uylariga tez-tez taklif qilib turishadi.

Bu hikoyani so‘zlar ekan, Shavkatning ko‘zlari namlandi. Men esa “hammasi yaxshi ekan-ku, ko‘nglingizni cho‘ktirmang” desam u:

Dildora Salohiddin qizi Rustamova




Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 4909 | Рейтинг: 0| Рейтинг: hikoyasi, Ayol, muhojir
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:51
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное