Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Qirolicha - Soundterck
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Munisa Rizayeva Ilk konsert dasturi oldidan Matbuot anjumani bo'lib o'tdi
;
29-sentabr kuni Shahrimizda joylashgan “Anor” kafesida matbuot va internet saytlari xodimlari bilan yuzma-yuz suhbatda bo‘lgan Munisa unga yo‘llangan savollarga ochiq-oydin javob berdi. 
Afsuski bizning sayt vakillari shu kuni Toshkent shaxrida bo‘lmaganlari bois suxbatda  qatnasha olishmadi. Bo‘lmasa qiziqarli savollarni tayyorlab qo‘ygan edik.
Ammo bizning doimiy xamkorimiz Uzbegim Taronasi radiosi va Popcorn nashri jurnalistlari ochiq suxbatda ishtirok etishdi.
Munisa Rizayevaga berilgan savollar va u tomondan berilgan javoblar quyidagilar:
Popcorn:  Vaqt o‘tgani sari xar bir insonning hayotga bo‘lgan qarashlari o‘zgarib boradi, 3-4 yil avvalgi va hozirgi kundagi Munisada qanday o‘zgarishlar kuzatasiz?
 
Munisa: Albatta uch yil oldin umuman boshqa inson bo‘lganman va hozirgi kunda 360 gradusga o‘zgarganman, deyishim mumkin. Buning sabablari ko‘p, birinchidan san’atkor bo‘ldim va tabiiyki, hayotga boshqacha qaraydigan bo‘ldim. Umuman olganda, san’at olamiga qadam qo‘ygan insonda ko‘p narsalar o‘zgarishi tabiiy. Turli muammolarga duch keldim, sinovlardan o‘tdim, o‘ylaymanki, bugungi kunda mutlaqo boshqa insonga aylanganman. Lekin yana bir narsani aytib o‘taman, vaqt o‘tsada, insonning asl fazilatlari saqlanib qoladi, lekin atrofdagilarga nisbatan munosabatlar o‘zgararkan.
Popcorn: So‘zlaringizni tinglab yana bir savol tug‘ildi. Kimlardir o‘zining xatosidan va yana kimlar o‘zganing xatosidan saboq oladi, siz?
Munisa: Men aynan xatolardan dars olganman, deyolmayman. Biroq, shou-biznesga qadam qo‘yishim bilanoq bo‘lib o‘tgan voqealardan o‘zimga xulosa chiqarganman. Men nimadandir saboq olib o‘zgarmayman. Qanday bo‘lsam shundayligimcha qolaman, lekin ma’lum bir narsalar borki, ulardan zarur fikr-mulohaza chiqarib olaman.  Hozirda o‘zimni o‘zgartiradigan yoshda emasman va bunday niyatim ham yo‘q. Huddi shunday men kimdandir yoki nimadandir o‘rganmayman, faqat o‘sha narsaga nisbatan munosabatim o‘zgarishi mumkin. 
*****
Shu vaqt anjuman ishtrokchilaridan biri savol berdi.
Jurnalist: Jahongirdan keyin ketma-ket ma’murlaringiz o‘zgardi. Bu nima bilan bog‘liq?
Munisa: To‘g‘ri aytdingiz, admnistratorlarim o‘zgardi. Sababi shundaki, bu vazifaga ko‘chadan kimnidir taklif etib, oz fursat ichida unga ishonib ishlab ketolmaysiz. Bu sohani tushunadigan va shou-biznes ichida yurgan inson bo‘lishi kerak. Boshqa adminstratorlar ham uni bilishi va qabul qilishi kerak. Adminstratorlik ishlarini nozik tomonlari ko‘p, qonun-qoidalarini tushunishi zarur. Men doim biznes bilan shug‘ullanganman, ammo shou-biznesning o‘ziga xos boshqacha taraflari borki, uni faqat shu muhitdagi odamgina tushuna oladi. Yaxshi admnistratorni topish oson ish emas. Jahongir ham men bilan ish boshlagan vaqtida hech qanday tajribasi yo‘q edi. Bora-bora u o‘z ishining ustasi bo‘lib, mening eng yaqin yordamchimga aylangandi. Men uning judayam yaxshi ma’mur bo‘lganini, tan olaman. Menda umuman bosh og‘rig‘i bo‘lmagan, chunki men uchun barcha ishlarni Jahongirning o‘zi hal qilar edi. Eng yomon tomoni u bizni konsert oldidan shunday vaziyatda qoldirib ketgani. 
Popcorn: Shu voqealar sodir bo‘lishidan oldin o‘zingizda qandaydir oldindan his etish bo‘ldimi?
Munisa: Men bunday holat bo‘lishi mumkinligini anchadan beri sezardim. Lekin, doim kechirgandim va uning qarzlarini to‘lashiga yordam bergandim. Biroq, men doim pozitiv inson bo‘lishga, hayotni har bir daqiqasidan quvonishga, hayotimda nimaki sodir bo‘lsa uni yaxshi tomonlarini ko‘rishga, ruhiyatimni tushurib qo‘ymaslikka harakat qilaman. Pul keladi va ketadi, u uchun inson o‘z obro‘sini yo‘qotish kerak emas. Men jamoamdagi yigitlarga, hech qachon pulning ketidan quvmaslik kerak, shundagina uning barakasi bo‘ladi, inson pulning quliga aylanishi kerakmas, deb ko‘p aytaman. 
*****
Anjuman davomida jurnalistlar tomonidan turli savollar berildi. Ularga Munisa o‘z nuqtai nazarini bildirarkan, quvnoqlik va hushchaqchaqlik kayfiyatida aks etardi. 
Munisa: Bilasizmi, bundan o‘n yil avval o‘zimga judayam yoqqan bir qo‘shiqni sotib olganman, ammo shu vaqtgacha uni ijro etolmayapman. Adashmasam, o‘n besh marotaba studiyada yozmoqchi bo‘ldim, lekin haligacha uddasidan chiqolmayapman. Uni kuylashim bilan ko‘zlarimga nimagadir yosh keladi. Qo‘shiqdagi so‘zlar, undagi dard shu qadar ta’sirliki, bu qo‘shiqni shunchaki kuylab bo‘lmaydi. Eng qiziq tarafi, ahamiyat bersam, ijro etgan har bir qo‘shig‘im hayotimga ta’sir ko‘rsatarkan. Nimanidir qattiq istab iltijo qilsangiz u ro‘yobga chiqadi, deyishadiku, huddi shunday qo‘shiqlarimning ham menga ta’siri katta ekan. Avval bunga e’tibor bermagandim, biroq hozir shuni tushunib yetdimki, nimani ijro etsam, qanday mavzuda qo‘shiq aytsam albatta o‘z ta’sirini ko‘rsatib, hayotimda aks etyapti. Bilmadim, balki har bir qo‘shig‘imni oldin o‘zimga singitib, qalban o‘sha qo‘shiq bilan yashab, qayta-qayta ijro etib so‘ng ommaga taqdim etganim uchunmikin... haligacha bu savolimga javob topolmayman.

Konsertda nima yangiliklar bo‘ladi, degan savolga qisqa qilib: 

Munisa: Konsertga tomoshabin sifatida baho berish va sahnada turib katta dastur taqdim etish, unga tayyorgarlik ko‘rish, bular mutlaqo boshqa-boshqa narsalar. Hozir konsert oldidan buning mashshaqqatini yanada his etmoqdaman. Dasturim haqida ma’lumotlarni oshkor qilganimdan ko‘ra, o‘zingiz tashrif buyurib unga baho berarsiz. Faqat bir sirni aytishim mumkin. Nafaqat xonandaman balki aktyorlik mahoratim ham borligi hech kimga sir emas. Mana shu jihatlarimni konsert dasturimda yanada namoyon qilaman. Bo‘ldi... boshqa hech narsani aytmayman (kuladi) Agar xatoliklar bo‘lsa, avvaldan uzr so‘rayman. Shuningdek, menga ilk yakkaxon konsertimda yaqindan yordam berayotgan “O‘zbeknavo” birlashmasiga alohida o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. 
*****
Suhbat davomida yetarli darajada qobiliyati bo‘lsa-da, nima uchun “Golos” tanlovida ishtirok etmaganligi, hamkasb xonandalar u haqida turli yoqimsiz gap-so‘zlar tarqatishlari va bunga uning munosabati haqida so‘raldi.
Munisa: “Golos” teleloyihasida Sevara Nazarxon bilan bir qatorda men ham ishtrok etganman va tanlovda qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritganman. Hamma narsa tayyor, biletlar olingan, Moskvaga uchib ketishimizga bir soat qolganida nimagadir ichki ovozimga quloq tutib, borishdan bosh tortganman. 
*****
Hamkasblarimning menga bugungi kunda ko‘rsatayotgan munosabatlariga ochig‘ini aytsam, umuman ahamiyat bermaslikka harakat qilmoqdaman. Meni doim “Nima uchun meni yomon ko‘rishadi”, degan savol qiynaydi. Men bilan kecha bir dasturxon atrofida o‘tirganlar, bugun sababsiz holda o‘zgarib qolishgani meni hayron qoldiradi. Hamma bilan birdek yaxshi munosabatda bo‘lsam, birovga ziyonim tegmasa, nima ularni bunday holga soldi, bilmayman... Ularga aytib o‘tganimdek, ahamiyat bermayman, chunki men hech kimga o‘zimga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishini so‘ramayman. Bu har kimning o‘z fikri va xulosasi. Ammo, meni hurmat qilgan va men uchun ham qadrli bo‘lgan xonanda do‘stlarim yo‘q emas, ular anchagina. 
Suhbatimiz so‘nggida tashrif buyurgan jurnalistlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman va barcha muxlislarimni konsertda kutib qolaman.
Munisadagi kuch-g‘ayrat, quvnoq kayfiyat ostida samimiylikni yaqqol ko‘rish mumkin. O‘zining hatti-harakatida-yu, so‘zlarida shaddodlik bilan birga oddiylik va beg‘uborlikni saqlab qolgani, atrofidagilarga bo‘lgan hurmati, dunyoqarashi, Munisaning aslida qanday ekanini namoyon etadi. Ha u juda sho‘x, shaddod va kerak joyda shartakidir! Fe’li shunday. Balki mana shunday bo‘lgani uchun ham halq uni yaxshi ko‘rar, nima dedingiz..


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5478 | Комментарии: 5 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Munisa Rizayeva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 5
Damir_95_ Omad xamisha
Like | 0
Mikki xa omadini bersin. ;)
Like | 0
Izzatxoja@ Munisa Rizayevani man fanatiman, i yana shuni tan olish kere bu insoni man har tomonlama hurmat qilaman irodil qiz , köp qöshulari miili va zamonavi ga uyğunlashtirilgan, buni en zör darajaga yetqazib ijro etish manimcha 100 tadan bittasiga bosa kere Munisa Rizayeva dip boshlovchi toyxonada e'lon qildimi hamma örtaga chiqadi , ortani zör qizdirib berala man Munisa Rizayevani har qatta yaxshi köraman ijodlarini hurmat qilaman, man özilari b-n gaplashganimda haqiqi inson b-n gaplashkanimi bilganman, har qatta ulada pul 1 darajalimas, chunki vohti kesa toyga tekingayam chiqib berala, man birinchi kansertizda birinchi qatorda otirgim keludi hamma joyi oboliwibdi endi uzorodan bosayam korvuraman, ijodizga omad, bizani yengi qoshulariz b-n kansertta hursan qilas digan umidaman !
Like | 0
Begzodjon Omad ijodizga...
Like | 0
2393bell Munisa Rizayevaga faqat omad tilayman u kuylagan qo'shiqlari eng birinchilardan
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:23
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное