Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Munisa Rizayeva konserti ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi

7-oktabr...soat 18:45 "Istiqlol" sanat saroyi barcha muxlislar, tomoshabinlar va mehmonlar bilan to‘lib bormokda. Va nihoyat kutilgan onlar yaqinlashmokda. 
Hamma zalga yig‘ilganlar tezroq konsert boshlanishini kutib bir birlari bilan o‘z his tuyg‘ularini bo‘lishishmoqda. Sababiki, sevgan san’atkorlari bilan xayolan birga hayajon bosmoqda ularni. 
Chiroqlar o‘chdi... Sahna pardasi ko‘tarildi... Yorkin Rang barang chiroklar, turli xil effektlar, sahnadagi ajoyib xech kim kutmagan dekoratsiya, katta monitorlar tomoshabinni ham to‘lkinlantirib yuborayapti.


Saxnaning ikki tarafida oppok zinalar, ajabtovur musika sadosi ostida esa bir-biriga uxshash ikki obrazdagi yigitlar turli xarakatlar bilan zinalarda turgan xolda saxna yukorisiga ishora etishardi. Xammaning nigoxi saxna markazida, Munisa kaysi tarafdan chikadi, yukoridan tushadimi yoki yon tarafdan, eng muxumi kanday kurinishda chikadi, deyarli xamma tomoshabinni shu savol kiziktirayotgan vaktda saxnaning zinalar bilan tutashgan yukori kismida pastdan kutarilgan xolda Munisa paydo buldi... Tomoshabinlar zali karsaklar bilan Munisani karshi olishdi. Konsertning ilk taronasi ''Afsona'' bulgani sababmi, saxnaga ertak kaxramonlari obrazidagi aktyorlar chikishdi. Munisa esa afsonaviy malika kiyofasida namoyon buldi. Libosining etak kismi tovus patlaridan iborat ekani, uning ertakdagi shoxona saroy malikalari kurinishini berardi. U kushik ijro etarkan, aktyorlar tinmay rakslar bilan turli saxna kurinishlarini namoyish etishardi. 
Ikkinchi tarona Botir Kodirov bilan kuylangan ''Dema-dema'' dueti buldi. Eng kizigi zalda utirgan tomoshabin sevimli xonandasi Munisani malika obrazida kurishi va u nafakat kushik kuylamokda balki kuylash bilan bir katorda saxnada uzi xam rol uynamokda. Ana endi saxnada xakikiy shox uz ayonlari bilan paydo buldi. Malikaga kungli tushgan shox obrazini aktyor Sayfiddin Meliev ijro etdi. Munisa birin ketin xit kushiklarini ijro etarkan Shox saxnada raksga tushar, ertak kaxramonlaridek kiyingan rakkoslar unga dur bulishardi. Kushik sunggida oshik Shox Munisaning, ya’ni malikaning kulini suradi. Xakikiy ertaknamo saxna kurinishlari, rakslar barchasi kushiklar bilan uzviy boglik xolda, bir-biriga mos ravishda tayyorlangan.
Bu teatrlashtirilgan saxna kurinishlaridagi ijrosini kurib Munisaning aktrisalik kobiliyatiga yukori baxo berishimiz mumkin. Birinchi blok yakunida Munisa saxna ortiga utishi bilanok aktyor va aktrisalar yangrayotgan musikaga raksga tushib, tomoshabin dikkatini ushlab turishdi. Munisa uch-turt dakikaga saxnani tark etgani sezilmadi, xatto.
Ikkinchi blokda Munisa mutlako zamonaviy kurinishda chikdi. Atrofidagi rakkoslarning libosi va rakslari xam yoshlarbop zamonaviy kurinishda buldi. ''Afruz'' guruxi yigitlari bilan ijro etilgan duetning musikasi jarang sochishi bilanok tomoshabinlar karsaklar bilan olkishlashdi. Bu esa ayni kunda mazkur duet eng xit kushiklardan biri ekanidan dalolatdir. Konsert boshlanganida chikkan ikki obrazdagi yigitlar xar bir kushikka mos xarakatlar bilan rakslarga uygunlik bagishlab turishdi. Konsert ilk marotaba utkazilaetganiga karamay nafakat yaxshi xonanda balki yaxshi aktrisa, kiska kilib aytganda uz sanatiga, ishiga jiddiy yendoshadigan xarakterli bu ijodkor konsert dasturi ustida xakikiy manoda jiddiy ishlaganini yakkol kurish mumkin edi. Navbatdagi mayus kushikni kuylay turib Munisa saxnada kuzdan goyib buldi. Shu zaxoti uchta ispan rakkosalari paydo bulib, ajoyib rakslari bilan xirom aylashdi. 


Uchinchi blok Shoxruxxon bilan birgalikda aytilgan duetidan boshlandi. Guyoki suvparisi obraziga xos libosda saxnada kuringan Munisani kulidan tutib saxnaning pastki kismiga kuzatib kuyishdi. Saxna markazida esa stol bilan ikki stul kuyilgan va Shoxruxxon bilan Munisa duet kuylagan xolda romantik okshom uchrashuvi saxna kurinishini namoyish etishdi. Xaligi obrazdagi yigitlar esa Munisa va Shoxruxxonning ustidan kupikli sharchalar puflashardi. Ularni saxnadagi spektaklini kuzatar ekansiz gueki biron bir muxabbat xakidagi film kuraetganday xis kilasiz uzizni.
 Keyingi duetdosh chikishi bilan Munisa uni ''Mening doimiy ijodiy xamkorim Eldor Kayumov'' deb tanishtirdi. Duet juda chiroyli chikkan va duetdoshning ijrosi Munisaning ovoziga mos edi. 
Mayus oxangda aytgan navbatdagi taronasi bilan muxlislarni muxabbat bogiga yetakladi. Kushikka rakkosa kiz emotsiyaga yugrilgan raks namoyish etdi. Butun saxnaga yashil olmalarni tukib yuborishdi. Rakkosa kiz esa kuliga olmalardan olib dardli taronaga mos ravishda raks ijro etdi. Munisa saxnada tiz chukkancha kushigini yakunladi. ''Yomgirlar'' kushigini boshlashi bilan tomoshabinlar guldiros karsaklar bilan olkishlashdi. 
Konsertning eng kulminasion nuktasi, Munisa ota va onasiga bagishlab kuylagan kushigininn ijrosi buldi. Munisaga jur bulish uchun bolalar ashula va raks dastasi ishtrokchilari chikishdi.
''Mening bu dunyodagi baxtim Ota-yu, Onam,
Yaratgandan in’om taxtim nurli peshonam''
Ta’sirchan suzlari va jarangdor ovozi musika bilan uygunlikda tomoshabinlarni xayajonga soldi, desak mubolaga bulmaydi. Xattoki bu kushikni ayta turib U kuzidan okaetgan yeshlarini xam yashirmadi. Kushik nixoyasida Munisaga katta guldasta olib chikishdi va u tomoshabinlar zalida utirgan otasi va onajonisi karshisiga borib, eng aziz insoni ekanini aytib guldastani takdim etdi. Barcha tomoshabinlar esa karsaklar bilan olkishlab turishdi.
8:42:03 AM
Navbat 4 chi yakunlovchi blokka yetib keldi. Munisa kiyimlarini alishtiri chikguniga bolalar dastasi saxnani tuldirishdi. Saxnaning yukori kismida Munisa obrazida kizalok chikib, uning barcha xit taronalaridan popuri ijro etdi. Xarakatlari-yu, ovozi, mimikalari va xattoki rakslari Munisaning xuddi uziga uxshardi. Bolalar saxnadaligida yukoridan rang-barang sharlar tukilib, tomoshabinlarga zavk bagishladi. 
Turtinchi blok boshlanishi ''Ummon'' guruxi bilan kuylangan ''Vo ajab'' dueti bilan buldi. Tushunishimizcha "Kora mushuk" obrazida namoen bulgan Munisa kuliga kizil ajoyib kulkop kiygan va bu uziga xos kurinish aks ettirardi. Shou davom etar ekan rakkoslar saxnaga ikkita katta narvonlar olib chikishdi. Ularni yukoridan boshka narvon bilan birlashtirishdi-yu, uning ustiga chikib raksni davom ettirishdi. Bu kabi kurinishlar tomoshabinga noan’anaviy va shu bilan birga kizik tuyulardi.
Munisa ''Ey yor'', ''Asta-asta'', "Yoringmaney" xit kushiklarini ijro etganida unga tomoshabin zali kushilib jur buldi, raksga tushdi. Konsert boshlanishidan sunggiga kadar Munisaning fan klubi a’zolari zalning ikki tarafiga yigilib sevimli xonandasini kullab-kuvvatlab turishdi.
Konsertning yakunida aktyorlar saxnaga chikib musika sadolari ostida tomoshabinlarni kuzatishdi. Munisa esa tashrif buyurganlarni xamma xammasiga uzining samimiy tashakkurlarini izxor etishdan charchamadi. Xato va kamchiliklar uchun uzr surayman'', deb xayrlashdi.
Dinamikaga boy, rang-barang obrazlarni jamlagan, yorkin ta’assurotlar uygotgan teatrlashtirilgan shou-dastur kutilgandan xam a’lo darajada utdi. Tugri, bu Munisaning ilk yakkaxon dasturi, unga eng oliy baxoni uning muxlislari, tomoshabinlar beradi. Lekin, yakin orada bunday shou dastur takdim etilmaganini xisobga olsak, xakikatdan xam kutilgandan yaxshi dastur namoyishini guvoxi buldik. Xali oldinda konsertning yana ikki kuni bor. Birinchi kunda xayajonni yengib olgan desak, kolgan ikki konsert xam omadli utadi, deb umid kilamiz.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 6223 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Munisa Rizayeva, konsert
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:31
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное