Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Munisa Rizayeva o‘zi kir yuvib, tandirda non yopishni ham biladimi...

Estradamizning eng yorqin va sevimli yulduzi Munisa Rizayeva hamisha yangiliklar yaratishdan tolmaydi. Har bir ijod mahsulida o‘ziga xos shijoat va uslub namoyon bo‘lib, bu muxlislariga nihoyatda katta zavq bag‘ishlaydi.Ayni kunlarda Munisaning “Yonar” nomli yangi taronasi eng sevimli qo‘shiqlar sirasiga kirib, xit darajasiga ko‘tarilmoqda. Mazkur tarona uchun video suratga olishni maqsad qilgan xonanda iste’dodli aktyor va rejissyor Muhammad Ali Iskandarov bilan hamkorlik qilmoqda.

Qiziqarli syujet bilan yaratilayotgan klip jarayonlari So‘qoq qishlog‘ida bo‘lib o‘tdi. Videoklipda Munisa bilan birga Muhammad Ali Iskandarov, taniqli aktyor va aktrisa Saida Rametova hamda Murod Rajabovlar bosh rollarni ijro etishgan.

Munisa Rizayeva har bir yaratgan kliplarida muxlislarini hayratlantirib kelgan, shuningdek “Yonar” klipida ham xonanda kutilmagan ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Ham kir yuvib, tandirda non yopib kelinchak obrazini qoyilmaqom ravishda ijro etgan ijodkor aktrisalik iste’dodini ham namoyon etadi.

E’tiboringizga suratga olish jarayonlaridan taqdim etilayotgan fotoreportajni taqdim etamiz, bu obraz sevimli xonandangizga qanchalik yarashgani va qay darajada uddalaganini esa klip premerasida bilib olasiz.
Eslatib o‘tamiz, Munisa Rizayevaning “Yonar” taronasining so‘zi Feruz Abdullaevga, musiqasi Shuhrat Umarovga tegishli bo‘lib, Jasur Badalboyev musiqiy sayqal bergan.
Tez kunda Munisa Rizayeva ijodida kutilmagan ko‘rinishdagi yangi videoklip premerasini o‘tkazib yubormang.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 7261 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Munisa Rizayeva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Guli пишет: | 07.05.2015 | 10:35 #2 Страница с комментарием
guli101192 Kutamizdaa
Like | 0
Don9498 Munisa Rizayevani yangi k6riniwidagi kilipiti kutib qolamiz
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное