Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Munisa Rizayeva o‘zining ilk albom taqdimotini o‘tkazdi

Estradamizning eng yorqin yulduzi, minglab muxlislarning sevimli xonandasi Munisa Rizayeva bugun o‘zining yangi audioalbomi hamda ilk yakkahon konsert dasturi videodiski taqdimotini o‘tkazdi. Munisaning chin ma’nodagi muxlislari, fanklubi a’zolari, yaqin do‘stlari va ommaviy axborot vositalari hodimlari taklif etilgan mazkur taqdimot marosimida Munisa ijodiy yangiliklari, yangi albomdan joy olgan taronalari haqida ma’lumotlar berib, fanklubning faol ishtrokchilari hamda jurnalistlar tomonidan yo‘llangan turli savollarga javoblar berdi.


Kelgusi ijodida yana qaysi san’atkor bilan duet kuylash istagi borligi haqida so‘rashganida Munisa, bunday ketishda duet qo‘shiqlar yaratish borasida rekord o‘rnataman shekilli, deya javob berganida, mehmonlar yuziga samimiy tabassum yugurdi. Hazil aralash javobdan so‘ng xonanda to‘liq ma’lumot o‘rnida, bu yil ikkita katta loyihaga ko‘l urishi, bulardan biri chet ellik taniqli yulduz bilan, keyingisi o‘zbek shou-biznesining eng ko‘zga ko‘ringan vakili bilan hamkorlikdagi duet bo‘lishini ma’lum qildi.
Yana kinofilmlarda rol ijro etish istagingiz bormi, degan savolga, hozircha yo‘q, lekin yaxshi kinossenariy taklif etishsa o‘ylab ko‘rishim mumkin, sayoz filmlarda suratga tushishni istamayman, dedi. Muxlislari tomonidan berilgan, sevgiga ishonasizmi, o‘zingiz bu tuyg‘uni his etganmisiz, degan savolga, men sevganman, hamon sevgi yuragimda, deya javob qaytardi.
Har doimgi albom taqdimoti marosimlaridan farqli ravishda samimiy suhbat tarzida o‘tgan bu kecha Munisaning muxlislari uchun quvonchli ta’assurotlarga boy bo‘ldi. 


 Munisa Rizayevani saytimiz nomidan muborakbod etamiz va kelgusi ijodiga ulkan zafarlar tilaymiz.
Manba:popcorn.uz


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4692 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: albom taqdimoti, Munisa Rizayeva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Goz9455 Omad Munisa...
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:31
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное