Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Munisa Rizayeva sevgan insonining Xiyonatidan o‘ziga kelolmayotganini aytdi

Bu xonanda haqida turli gap-so‘zlar eshitishga o‘rganib qolganmiz.  Ayniqsa so‘ngi besh yil ichida do‘stlar xiyonati,  ijodiy inqiroz qaddini biroz bukkandek bo‘ldi-yu, lekin fe’lidagi qat’iyat uning  sinishiga yo‘l qo‘ymadi. O‘z sohasining fidoiysi, mehnatkash ijodkor — Munisa Rizayeva “Darakchi” gazetasiga intervyu berdi.
Xususan, xonanda so‘nggi paytlarda tushkunlikka tushib qolgani haqida gapirib, uning sabablarini quyidagicha izohladi: 
“Bu holat shaxsiy hayotimdagi voqealar bilan bog‘liq. Matbuotga rasman e’lon qilmagan bo‘lsamda, hamkasblarim, yaqinlarim turmushga chiqishni rejlashtirayotganimni bilishardi. To‘y kunini o‘tgan yildagi konsertimdan keyinga rejalashtirgandik. Ammo sevgan insonimning xiyonati tufayli to‘yimiz to‘xtatildi. Shundan keyin uch oy o‘zimga kelolmadim. Qalb jarohati bitishi qiyin ekan. Uni unutish maqsadida, ko‘proq sayyohatda yurishga harakat qildim. Hozir bu haqda biroz oson gapiryapman. Ammo uch oy oldin “nega xiyonat qildi?”, “odamlar to‘yim haqida so‘rashsa nima deyman?”, kabi savollar ich-etimni kemirib ado qilgandi. Qolaversa, san’aktorlar doim barchaning diqqat markazida bo‘lishadi. Ochig‘i, yana gap-so‘zlarga qolishdan qattiq xavotirga tushgandim. Chunki salbiy gaplarni eshitish oson emas. Ammo vaqt hamma narsaga davo ekan. Oradan oylar o‘tib, endi-endi uni unuta boshladim... Hayotning turli zarbalariga chidash uchun insonning irodasi kuchli bo‘lishi kerak ekan. Bundan keyin hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonaman”.
Munisa Rizayeva bilan to‘liq intervyuni yaqin soatlarda saytimiz orqali o‘qishingiz mumkin.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 7327 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Xiyonat, Munisa Rizayeva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Dilya0998 Ха мен хам озимга кеоа олмаяпман бу хает шунака екан еркаклар еса бизни кадримизни билмай хиенат килиб кейин афсусланиб узр сораб кеоаркан лекин узр сораган билан калб яраси битармиди???
Like | 0
sanjarezoz :'( Nimayam qilardik. Ayolmiz. Hammasiga chidashga majburmiz Munisa Opa
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:33
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное